Salomatlik Ayollar uchun Qishda yozgi liboslarni qanday kiyish mumkin? 6 ta foydali tavsiya (foto)

Qishda yozgi liboslarni qanday kiyish mumkin? 6 ta foydali tavsiya (foto)

O'qildi: 384


Qishda yozgi liboslarni qanday kiyish mumkin? 6 ta foydali tavsiya (foto)

Qish kelishi bilan garderobda yozgi liboslar bir chetga suriladi. Toki yoz mavsumi kelmaguncha ulardan foydalanilmaydi. Lekin moda olami mutaxassislari bu borada boshqa fikrda. Qishki qalin va issiq kiyimlarni ham yozgi nafis liboslar bilan uyg‘unlashtirish mumkin.

Plissirovkali yubka va sviter

Foto: Elle

Yozda kiyiladigan plissirovkali yubkalar qishda ham o‘zgacha ko‘rinish kasb etadi. Tizzadan tushib turuvchi ushbu uslubdagi yubkalar qalin sviter va uzun etiklar bilan ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi. Endi garderobda yozni kutishi shart bo‘lgan yubkalardan qish faslida ham unumli foydalanish imkoniyati mavjud.

Yengil libos va qalin ko‘ylak

Foto: Elle

Palto matosidan tikilgan qalin ko‘ylaklar yozgi yengil libos bilan mos tushadi. Garchi palto-ko‘ylak qalin va biroz qo‘pol bo‘lsa-da, unga yengil libos nafislik bag‘ishlab turadi. Ushbu uyg‘unlashuvni poyabzal yoki krossovkalar bilan moslashtirish mumkin. Ajoyib uslub libos egasiga yanada qulay bo‘lishi shubhasiz.

Oq ko‘ylak va qora poyabzal

Foto: Elle

Oq liboslar faqatgina yozda kiyilishi kerak, degan fikr o‘z kuchida emas hozirda. Shuningdek, oppoq liboslarga turli xil rangdagi poyabzallar mos tushadi. Ularning eng yaxshisi qora rangdir. Qora sumkaga mos holda qora etik yoki poyabzal kiyish mumkin.

Shoyi yubka va jemper yoki pidjak

Foto: Elle

Shoyi yubkalar ham faqat yoz uchun mo‘ljallanmagan. Uni pidjak, jemper yoki sviterlar bilan birgalikda bir to‘plamga aylantirish mumkin. Albatta, bu uslub bilan biroz qalin va harbiylarnikiga o‘xshash etik kiyish tavsiya etiladi.

Yozgi ko‘ylak va shim

Foto: Elle

Yozgi yengil liboslar shim bilan birlashtirilgandan so‘ng unga mos oyoq kiyim izlashga hojat qolmaydi. Sababi har qanday poyabzal va krossovkalar shim uchun to‘g‘ri keladi. Bu kabi kiyinish uslubida ranglar unchalik muhim emas, didga ko‘ra bir xil yoki yozgi ko‘ylakning yorqin rangdagisidan ham foydalanish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.