Salomatlik Goʼzallik Kuzda soch to‘kilishiga qarshi qanday kurashish kerak?

Kuzda soch to‘kilishiga qarshi qanday kurashish kerak?

O'qildi: 385


Kuzda soch to‘kilishiga qarshi qanday kurashish kerak?

Kuzda sochlar to‘kilishi ko‘paysa, xavotirga o‘ringa yo‘q. Faqatgina dastlab buning sababini aniqlash zarur. Organizmda jiddiy muammolar bo‘lmasa, uy sharoitida arzon dori vositalari yordamida soch to‘kilishini kamaytirish mumkin, deb yozadi Wday.

Foto: Wday

Nega sochlar kuzda to‘kiladi?

Yozda organizm rekord miqdordagi vitaminlar bilan to‘yinadi, ammo ularga yana nimadir yetishmaydi. Hozirgi vaqtda koviddan keyingi alopesiya soch to‘kilishining allaqachon tanish bo‘lgan muntazam stress, gormonlar muvozanati, tug‘ruqdan keyingi davr, noqulay ekologik sharoitlar, kimyoviy shikastlanish kabi sabablarga qo‘shilgan. Buning uchun tom ma’noda choralar ko‘rish kerak.

Shuningdek:

  1. Kuz — zaiflashgan soch tolasini yangilanishi uchun tabiiy davr.
  2. Ob-havoning o‘zgarishi kayfiyatning tushishi va salomatlikni qo‘llab-quvvatlaydigan baxt gormonlarining pasayishiga olib kelishi mumkin. Immunitet zaiflashadi, teri va sochlarning holati ham yomonlashadi.
  3. Soch va terining holati uchun bevosita mas’ul bo‘lgan gormonlari darajasi pasayadi. Xuddi shu sababga ko‘ra, tug‘ruqdan keyin ham soch to‘kilishi keskin ortadi,
  4. Parvarish kosmetikasi va issiq turmaklanishning salbiy ta’siri.
  5. Ta’tildan keyin ishga chiqish, bolalarda o‘quv yilining boshlanishi bilan bog‘liq stress.
Ba’zida sabab jiddiy gormonal buzilish bo‘lishi mumkin. Agar uning boshqa belgilari — hayz davrining buzilishi, teri va boshda yog‘ miqdorining keskin oshishi, husnbuzar, yuzda tuklar o‘sishi kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Keyinchalik sog‘liq muammolari jiddiylashmasligi uchun gormonlar darajasini tekshirish va davolash kerak.

Ichki organlarning ayrim kasalliklari ham sochlarning zaiflashishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun har qanday ogohlantiruvchi alomatlarga e’tiborli bo‘lish va o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tish kerak.

Kuzda sochlar to‘kilishi ko‘paysa, nima qilish kerak?

Agar salomatlik masalasida hamma narsa tartibda bo‘lsa va faqat soch turmagining holati tashvishlantirsa, uy sharoitida sinalgan usullarni qo‘llab ko‘rish mumkin. Bu usullar, albatta, ish beradi.

  • Massaj. Buni shampunlash paytida yoki niqobni qo‘llashdan keyin qilish mumkin.
  • Shampunni tabiiy, faol kuchaytiruvchi mahsulotlarga almashtirish.
  • Sochni yuvishdan oldin soch o‘sishini rag‘batlantirish va ularni oziqlantirish uchun niqoblar qilish.
  • Yuvib bo‘lgandan keyin odatdagi konditsioner o‘rniga sochni mustahkamlovchi giyohlardan foydalanish.
  • Bundan tashqari, issiqlik bilan turmaklash, murakkab soch turmagi, elastik tasmalar voz kechib, bosh terisiga dam berish kerak.
Qolaversa, sochni mustahkamlash va o‘stirishga qaratilgan muolajalarni klinikalarda ham amalga oshirish mumkin.

Zamonaviy tibbiyotning asosiy ko‘rsatmasi inyeksiyasiz soch mezoterapiyasi va soch o‘sishini rag‘batlantirish uchun maxsus ishlab chiqilgan sivorotkadir.

Inyeksiyasiz protseduralar ro‘yxatini davom ettirish mumkin. Bu juda samarali va umuman og‘riqsiz fotodinamik terapiya protsedurasi. Fotodinamika immunitetni tiklaydi va bosh terisining yallig‘lanish jarayonlarini yo‘q qiladi. Jarayon soch o‘sishi omillarini rag‘batlantiradi.

Aslida soch va terining holati bo‘yicha genetik tadqiqot o‘tkazish ham mumkin, bu ma’lum kasalliklarning sabablarini chuqurroq aniqlash imkonini beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.