Organizmni tezroq qarishga majbur qiladigan 6 ta kutilmagan muammo
Yetarlicha uxlash, sport bilan shug‘ullanish, ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazish, asabiylashmaslik va hech qachon makiyaj bilan uxlashga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Bu yoshlikni uzoq vaqt davomida saqlab qolishga yordam beradigan tavsiyalardir. Ammo organizmni jiddiy ravishda qaritishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p odatlar va mutlaqo kutilmagan omillar mavjud. “Noviy ochag” nashri ularning bir nechtasi bilan bo‘lishdi.
Foto: “Noviy ochag”Depressiya
So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, depressiya nafaqat hayot sifatini pasaytiradi, balki miyaning qarish jarayonini ham tezlashtiradi. Kasallikning dastlabki belgilarini e’tiborsiz qoldirmaslik, katta kuch sarflab kurashishga urinmaslik va yordam so‘rashni unutmaslik tavsiya etiladi.
Quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanmaslik
Kun bo‘yi plyajda vaqt o‘tkazasizmi yoki shunchaki ofisga borasizmi, muhim emas, teri doimiy ultrabinafsha nurlaridan himoyalanishga muhtoj. Quyosh ta’siri teri qarishining eng katta omili bo‘lib qolmoqda va erta kundan ajinlar paydo bo‘lishini xohlamaydiganlar har kuni kamida 30 SPF’ga ega krem yoki losyondan foydalanishi kerak.
Chekish
Tamaki tarkibida teriga sezilarli zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 3800 dan ortiq kimyoviy komponentlar mavjud. Shu bilan birga, passiv chekish ham deyarli farq qilmaydi. Agar ba’zida bir-ikki dona sigaret chekilsa ham teri muddatidan oldin qarishni boshlaydi.
Yolg‘izlik
Bunga ishonish qiyin, lekin haqiqat: do‘st va yaqinlar haqiqatan ham uzoqroq yosh qolishga yordam beradi. Bir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, do‘stlari ko‘p bo‘lgan odamlar yoshning ta’siriga uzoqroq qarshilik ko‘rsatadi, ayniqsa bu yosh bilan bog‘liq kognitiv o‘zgarishlarga ta’sir qiladi. Shuning uchun kunlik jadval qanchalik band bo‘lmasin, do‘stlar bilan uchrashuvni qoldirmaslik zarur.
Qahva
Ertalabdan kunni bir finjon qahva bilan boshlash va to kechgacha uning hamrohligi odatiy holga aylangan. Ammo muammo shundaki, qora qahva degidroepiandrosteron — qarish bilan kurashishga yordam beradigan gormon darajasini pasaytiradi. Uning darajasi yillar davomida pasayadi va qahvani o‘ta ko‘p iste’mol qilish bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin.
Kokteyl uchun trubochka
Ichimlik uchun mo‘ljallangan plastik trubochkalar nafaqat ekologiyaga xavfli, balki ulardan doimiy foydalanish tezroq qari ko‘rinishga olib kelishi mumkin. Mushaklarning doimiy kuchlanishi lablar atrofida ajinlar paydo bo‘lishiga, shuningdek, ularning chuqurlashishiga olib keladi.
Manba