Fransiya prezidentining rafiqasi Brijit Makron eridan katta ko‘rinmaslik uchun nimalarga rioya qiladi?
Fransiya prezidentining rafiqasi Brijit Makron eridan 25 yosh katta, ammo yosh orasidagi tafovut birgalikda deyarli sezilmaydi. Fransiyaning birinchi xonimini yosh ko‘rinish uchun nimalarga rioya qiladi?The Voice Mag nashri bu borada qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Foto: Marie ClaireBrijit Tronyo Amen shahrida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, u yerda 1993-yil may oyida qizi Loransning tengdoshi va sinfdoshi bo‘lgan o‘quvchisi Emmanuel Makron bilan uchrashgan. Ularning munosabati ( voyaga yetmagan o‘quvchi va undan 25 yosh katta o‘qituvchi)1994-yilda boshlangan va agar bolaning ota-onasi bo‘lmasa, bu janjal bilan yakunlanishi mumkin edi. Bolaning ota-onasi Parijga ko‘chib o‘tishga qaror qildi, Emmanuel u yerda maktabning so‘nggi yilni tugatdi, ammo Brijit bilan munosabatlari hatto uzoq masofadan ham davom etdi.
Oradan 10 yil o‘tgach, 2006-yil yanvar oyida Tronyo birinchi turmush o‘rtog‘idan ajrashdi va bir yildan so‘ng Emmanuelga turmushga chiqdi. O‘shanda kuyov 29, kelin esa 54 yoshda edi. Makron o‘z rafiqasini ilk bor 2015-yilda atrofdagilarga ko‘rsatgan, 2017-yilda esa u Fransiyaning birinchi xonimiga aylangan.
2023-yilda Brijit o‘zining 70 yoshini nishonlaydi, ammo ko‘rinishidan bunga o‘xshamaydi. 44 yoshli erining yonida u ham yosh ko‘rinadi.
“Parijning eng chiroyli oyoqlari”
Brijit o‘z uslubiga qat’iy rioya qiladi. Birinchi xonim “Parijning eng chiroyli oyoqlari” deya ta’rif bergan dizayner Karl Lagerfeld tavsiyalariga amal qiladi. U kiyinish uslubida ko‘proq oyoqlariga urg‘u beradi va haqiqiy yoshini namoyon qiluvchi bo‘yin va dekolte qismini yopishga harakat qiladi.
Vaznini nazorat qiladi
Ortiqcha vazn ajinlarni tekislashi hammaga ma’lum, ammo bu Brijitning qiyofasiga to‘g‘ri kelmaydi. Uzun bo‘yli va juda ozg‘in turmush o‘rtog‘ining yonida ortiqcha vaznga ega Brijit juda kulgili ko‘rinishi tabiiy. Shuning uchun u ko‘proq sport va to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor beradi.
Kosmetologiya
Albatta, Fransiyaning birinchi xonimi go‘zallik sohasidagi ilm-fanning barcha yutuqlaridan bahramand bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, Brijit muntazam ravishda “go‘zallik ukollari” foydalanadi va yuz shaklini yaxshilash bo‘yicha muolajalar o‘tkazgan. Demak, yuzdagi minimal ajinlarning siri ham shunda.
Mavzuga doir: Sevgi yosh tanlamaydi: yosh borasida katta tafovutga ega bo‘lgan juftliklar(foto)
Manba