Atirning sizga mos tushganini bildiruvchi belgilar
Atir — bu obrazni tafsiloti bo‘lib, u o‘z egasining xarakteri va uslubi bilan organik tarzda birlashishi kerak. Marie Claire nashri xushbo‘y iforning sizga mos kelganini bildiruvchi eng aniq belgilarni ma’lum qildi.
Foto: Marie ClaireAgar haqiqatan ham xushbo‘y hidlar yoqsa, u har qanday ayolning kosmetik javonida bo‘lishi ehtimoli katta. Ammo kelajakda undan foydalanish — bu boshqa savol. Sevimli iforlar ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin mos keladiganlarini topish qiyin.
Har safar yoqtirgan atirdan foydalanganda eyforiyani his qilasiz
Bu nafaqat urfga kirgan atirlarga nisbatan, balki xushbo‘y iforlarda ham yuz beradi. Ehtimol, u iliq xotiralarni uyg‘otar yoki aksincha, shu paytdan boshlab hayotida yangi sahifa ochilayotganini aniq ko‘rsatib berishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, u qalbda kuchli aks sado berishi bilan birga, kayfiyatga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Uni qo‘llagandan so‘ng hidni deyarli sezmay qolasiz
To‘g‘ri tanlangan xushbo‘y hidning ishonchli belgisi uning hidini tana eritib yuborishidir. Bunday holda, atirni teriga surtishda uni his qilish tezda to‘xtaydi. Chunki u tom ma’noda tana bilan birlashadi va mukammal kombinatsiyani yaratadi. Agar shunday bo‘lsa, atir aynan siz uchun mukammal ifor hisoblanadi.
Atir nafaqat o‘zingizga, balki atrofdagilar uchun ham ma’qul keladi
Uchinchi belgi — iltifot. Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, agar odamlar o‘zlari yoqtirgan xushbo‘y hidni his qilsa, ular atir egasiga iliq so‘zlar va iltifot bildirishda o‘zini to‘xtata olmaydi. Albatta, atir o‘z egasining obrazi bilan mukammal uyg‘unlikni hosil qilsa, buni bildirmaslikning iloji yo‘q. Har qanday to‘g‘ri tanlangan atir atrofdagilarda ham yaxshi taassurot uyg‘otadi.
Umuman trendda bo‘lmagan atir sotib olish niyatidasiz
Atir tanlashda tendensiyalarga emas, balki o‘zingiz yoqtirgan narsaga amal qiling. Chunki inson his-tuyg‘ularini o‘zidan boshqa hech kim yaxshi tushunmasligi mumkin. Demak, atir tanlash kabi nozik masala ham tendensiyalarga bo‘ysunmasligi kerak. Insonning hissiyotlari esa bu borada aldamasligi shubhasiz.
Manba