Salomatlik Goʼzallik Anor, ko‘k choy va yoshroq ko‘rinishga yordam beradigan boshqa mahsulotlar

Anor, ko‘k choy va yoshroq ko‘rinishga yordam beradigan boshqa mahsulotlar

O'qildi: 328


Anor, ko‘k choy va yoshroq ko‘rinishga yordam beradigan boshqa mahsulotlar

Hamma inson ham qarilik jarayonini boshdan kechiradi. Ammo to‘g‘ri ovqatlanish bu jarayonni biroz sekinlashtirishi va yoshroq ko‘rinishga yordam berishi mumkin, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Extra Virgin zaytun moyi

Extra Virgin zaytun moyi sayyoradagi eng sog‘lom yog‘lardan biridir. Bu qon bosimi, yurak xastaliklari xavfini pasaytiradi, metabolik sindromning oldini olishga yordam beradi va hatto saratonga qarshi kurashda samarali bo‘lishi mumkin. Zaytun moyi ham terining yosh ko‘rinishiga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yog‘(73 foizi sog‘lom mono to‘yinmagan yog‘lardan iborat)terini yallig‘lanishdan va zararli quyosh nurlaridan himoya qiladi.

Ko‘k choy

Ko‘k choy antioksidantlarga juda boy, bu esa organizmni erkin radikallardan himoya qiladi. Erkin radikallar — bu organizmning hayoti davomida va stressga javob sifatida hosil bo‘lgan beqaror molekulalar. Antioksidantlar o‘zining tuzilishini o‘zgartiradi, shunda ular zarar qilmaydi. Ko‘k choyda ko‘pincha qandli diabet, insulinga rezistentlik, yallig‘lanish va yurak kasalliklari bilan kurashadigan polifenol antioksidantlari mavjud. Polifenollar terining asosiy oqsili bo‘lgan kollagenni ham saqlab qolishi mumkin. Aynan shu narsa terini yosh va elastik qiladi.

Yog‘li baliq

Yog‘li baliq haqiqatan ham qarishga qarshi oziq-ovqat hisoblanadi. Omega-3 yog‘ kislotalari yurak kasalliklari, yallig‘lanish, kolit va boshqa ko‘plab kasalliklar uchun foydalidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yog‘ kislotalari terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.

Qora shokolad va kakao

Qora shokolad ham antioksidantga boy. Olimlarning fikricha, qora shokolad qon bosimini pasaytiradi, insulinga rezistentlikni oshiradi va qon tomirlarini mustahkamlaydi. Shokolad tarkibida flavonoidlar mavjud bo‘lib, ular terini qarishdan himoya qiladi. Biroq shokoladning har xil turlarida ularning miqdori sezilarli darajada farq qiladi.

Sabzavotlar

Ma’lumki, sabzavotlar foydalidir. Sabzavotlar tom ma’noda foydali mikroelementlar, kletchatkaga boy, ammo kaloriyasi past. Ularda yurak kasalliklari, katarakt va saraton xavfini kamaytirishga yordam beradigan antioksidantlar mavjud. Ko‘pgina sabzavotlar quyosh nurlari va erkin radikallardan himoya qiladigan karotinoidlarga boy.

Ko‘pgina sabzavotlar kollagen ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan va kuchli antioksidant ta’sirga ega C vitaminiga boy. Pomidor, ko‘katlar, bulg‘or qalampiri va brokkolini ratsionga kiritish lozim.

Zig‘ir urug‘i

Zig‘ir yoqimsiz tuyilishi mumkin, ammo uning urug‘lari hayratlanarli darajada foydali. Ularda xolesterin, qonda shakar va insulin darajasini pasaytiradigan lignanlar mavjud. Ushbu moddalar ko‘krak va prostata saratoni rivojlanish xavfini ham kamaytiradi. Zig‘ir urug‘i omega-3 yog‘ kislotalarining ajoyib manbai bo‘lib, ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi va terining silliqligini oshiradi.

Anor

Anor eng foydali mevalardan biridir. Ko‘rinishidan, mevaning antioksidant faolligi ko‘k choynikidan ham yuqori. Anor yallig‘lanishni kamaytiradi, qonda shakar miqdori oshishining oldini oladi va hatto yo‘g‘on ichak saratoni bilan og‘rigan odamlar holatini yaxshilaydi. Albatta, antioksidantlar qarishdan himoya qiladi. Tadqiqotchilar anorni iste'mol qilish shikastlangan terini tiklaydi va kollagen ishlab chiqarishni oshiradi, deb hisoblaydi.

Avokado

Avakado yurak uchun foydali yog‘lar, kletchatka, vitamin va minerallarga boy. Avokado tarkibida yog‘li spirtlar deb ataladigan noyob birikmalar mavjud. Ular yallig‘lanish bilan kurashishi, terini quyoshdan himoya qilishi va hatto shikastlangan DNKni tiklashi mumkin. Ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘ va antioksidantlar terini qo‘shimcha himoya qiladi.

Pomidorlar

Pomidorlar oddiy bo‘lib tuyilishi mumkin, ammo ular sog‘liq uchun juda ko‘p foyda keltiradi. Pomidorlar karotinoidning bir turi bo‘lgan likopenga boy. Bu yurak-qon tomir kasalliklari, insult va prostata saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, u terini zararli quyosh nurlaridan himoya qilishi mumkin.

Olimlar tadqiqot o‘tkazdi, unda bir guruh ayollar likopen va boshqa o‘simlik antioksidantlari yuqori bo‘lgan ovqatlar bilan oziqlangan. To‘rt oy o‘tgach, ajinlar chuqurligi o‘lchandi va teri sirtining sezilarli tekislanishi aniqlandi. Likopenning 100 foiz ishlashi uchun uni zaytun moyi kabi sog‘lom yog‘lar bilan iste’mol qilish yaxshidir. Bu uning so‘rilishni yaxshilaydi.

Ziravorlar

Ziravorlar taomni mazali va xushbo‘y qilishdan ko‘ra ko‘proq narsani qila oladi. Ular sog‘liqqa foydali ta’sir ko‘rsatadigan turli xil o‘simlik birikmalarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ba’zi ziravorlar terini yoshroq ko‘rinishga yordam beradi. Dolchin kollagen ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, bu avtomatik ravishda terining qattiqligi va elastikligini oshiradi. Dolchinni iste’mol qilish, shuningdek, qonda shakar darajasidan kelib chiqib, terining shikastlanishini kamaytiradi.

Suyakli sho‘rva

Bugungi kunda suyak bulyonlari odamlar orasida juda mashhur bo‘lib, buning ajablanadigan joyi yo‘q. Uzoq vaqt davomida pishirilgan suyakli bulyon mineral va boshqa foydali komponentlarni chiqaradi. Asosiysi, mushak va suyaklar salomatligi uchun juda muhim bo‘lgan kollagenlardir. Pishirilganida kollagen jelatinga aylanadi, aminokislotalar — glitsin, prolin va gidroksiprolinga boy. Organizm terida yangi kollagen hosil qilish uchun ularni yaxshi singdiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kollagenni iste’mol qilish terining elastikligi, namligi va mustahkamligini yaxshilashga yordam beradi va ajinlarni kamaytiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.