Qosh uchun gel, quruq shampun hamda skrab o‘rniga qanday mahsulotlardan foydalanish mumkin?
Sevimli makiyaj vositasi yoki parvarishlash mahsuloti to‘satdan tugab qoldimi?Ularning o‘rnini osongina boshqalariga almashtirish mumkin. “Noviy ochag” nashri qosh uchun gel, quruq shampun hamda skrab o‘rnini bosuvchi bir nechta kosmetik vositalar bilan tanishtirdi.
Foto: “Noviy ochag”Tirnoq kutikulalarni yumshatish va namlash
Agar kutikula mahsuloti to‘satdan tugasa, qovoq kremi, lab uchun balzam yoki davolovchi lab bo‘yog‘i ajoyib muqobildir. Ushbu mahsulotlar ko‘pincha o‘simlik moylari, mumlar va namlovchi mahsulotlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni ular, albatta, kutikula moyi vazifasini bajaradi.
Shimmersiz yaltiratish
Yuz terisini biroz yaltiratish kerakmi, lekin maxsus vosita topilmadimi?Buning uchun namlantiruvchi losionga ko‘z uchun mo‘ljallangan ten qo‘shiladi. Natijada nafaqat teri namlanadi, balki unga yengil tovlanish ham berish mumkin.
Quruq shampun o‘rniga bolalar kukuni
Zarur vaqtda quruq shampun qo‘lda bo‘lmasa, talk yoki bolalar kukunini sinab ko‘rish tavsiya etiladi. Ushbu mahsulotlar ortiqcha yog‘ni so‘rishi uchun quruq shampun kabi natija beradi va bundan tashqari, qizarish xususiyatini keltirib chiqarmaydi. Faqat sochlarni yaxshilab tarash kerak, shunda ularda oq kukun izi qolmaydi.
Eski tush qosh geli sifatida
Agar qosh geli tugab qolgan bo‘lsa, eskirib qolgan tushlarni tashlashga shoshilmang. Cho‘tkani yaxshilab yuvib tashlab, tushga biroz shaffof balzam yoki lab uchun mo‘ljallangan blesk qo‘shiladi. Ushbu vosita ham xuddi qosh geli singari ularni bir tekis shaklda ushlab turishga yordam beradi.
Lab bo‘yog‘i ten yoki rumyana o‘rnini bosadi
Rumyana bo‘lamaganda, lab bo‘yog‘i yordamga keladi. U avval qo‘lga surtiladi, so‘ngra cho‘tka yoki sponch bilan yoyiladi. Keyin yuzning yanoq qismiga surtiladi.
Qahva + asal = skrab
Agar uyda qahvadan keyin qoldiqlar qolsa, ularni tashlashga shoshilmaslik kerak. Unga bor-yo‘g‘i asal qo‘shib, tabiiy skrab tayyorlash mumkin. Bu terini tozalashda ajoyib yordamchi hisoblanadi. Biroq allergik reaksiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun ushbu kosmetik kompozitsiyani terining alohida joyida sinab ko‘rishni unutmaslik lozim.
Mavuzga doir:
- Lab bo‘yog‘i uzoq vaqt davomida yangidek turishini ta’minlaydigan oddiygina layfxak(foto)
- Sochlarning siyraklashishi, teri qurishi va qarish jarayonining boshlanganidan darak beruvchi yana 3 ta alomat
- Faqat sabzavotlar emas: teri go‘zalligi hamda yoshligi uchun muhim bo‘lgan 8 ta mahsulot
Manba