Ajinlarga qarshi kurashamiz
Maqolada ajinga qarshi usullarning eng oddiy va osonlarini keltirib o‘tamiz.
Foto: “Vashamaska.ru”Ajinga qarshi massaj
Bunday massaj terini namlantirib, undagi suv balansini tiklaydi. Yuz terisini kokos yoki bodom yog‘i bilan massaj qilishingiz mumkin. Ko‘z tagidagi ajinlarni yo‘qotish uchun kanakunjut moyi qo‘l keladi.
Ajinga qarshi niqob
Bunday niqobni uzumdan tayyorlash mumkin. Buning uchun uzum etini yaxshilab ezib, yuzga 20 daqiqaga surish lozim. Peshonadagi ajinlarga qarshi esa banan pyuresini niqob qilib surish yaxshi ta’sir qiladi.
Sog‘lom hayot tarzi
Go‘zalligimiz ko‘p hollarda hayot tarzimizga bog‘liq bo‘ladi. Horg‘inlik yoki aksincha, yaxshi kayfiyat birinchi navbatda yuzimizda o‘z ifodasini topadi. Shu tufayli mutaxassislar yoshga bog‘liq ajinlarga qarshi kurashda eng oson va tabiiy yo‘l — sog‘lom hayot tarzini tavsiya etadi. Quyida bunday turmush tarzi olib borishning oltin qoidalarini keltirib o‘tamiz.
- Chekishni tashlang
- Terini quyoshdan himoya qiling
- Piyoda sayr qilib turing
- To‘g‘ri ovqatlaning
- Yuz terisini tozalab turing
- Ortiqcha asabiylashmang
- Ko‘proq harakatlaning
Manba