Bahoriy kayfiyat uchun ajoyib iforli 5 ta atir
O'qildi: 379
Tabiat uyg‘onib, atrof gullarning yoqimli ifori bilan to‘ladigan bahor faslida parfyumeriya sanoati ham yangi mahsulotlarini chiqara boshlaydi. Maqolada siz uchun 5 ta parfyumeriya yangiliklarini to‘pladik.
Foto: WonderzineEng bahoriy: DKNY Be Tempted Eau So Blush, Donna Karan
Kompozitsiyaning o‘z nomida ko‘rsatilgan tarkibi haqiqat: pushti greypfrut, qizil smorodina, apelsin va piongul — bularning barchasi haqiqatda pushti(blush). Barra va nordon Eau So Blush sitrusli “po‘st” va mevali “mag‘iz” o‘rtasidagi chiroyli kontrastni ko‘rsatib beradi.Eng an’anaviy: Lily of the Valley, Floris
Sof ingliz parfyumeriyasi an’anasidagi namunaviy marvaridgul ifori. 1730-yilda yaratilgan Londonning Floris markasi vitrinali do‘konlari va barqaror mahsulot to‘plamlari bo‘lgan ilk markadir.Eng musaffo: Viktor & Rolf’dan Flowerbomb Bloom
Ushbu atir shirin gulli hid bilan boshni aylantirmaydi, aksincha, “nam tog‘ havosi” ifori yordamida musaffolik bag‘ishlaydi.Eng shohona: Nina Ricci L’Extase Rose Absolue
2015-yilgi shirin qalampirli L’Extase yog‘ochli L’Extase Rose Absolue’ga aylandi. Kutilmagan uyg‘unlikni Fransis Kurkjan yaratdi, bu esa yangilangan versiya avvalgisidan kam ommalashmasligini bildiradi.Eng nazokatli: Sisley’dan Izia
Nazokatli va gullar iforiga boy Izia atirgulni tarannum etish uchun yaratilgan, aynan uning notasi atrofiga zamonaviy va ko‘p funksiyali piramida barpo etilgan.Manba: Wonderzine
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.