Salomatlik Goʼzallik Sizni 10 yilga yoshartiruvchi hiylalar

Sizni 10 yilga yoshartiruvchi hiylalar

O'qildi: 355


Sizni 10 yilga yoshartiruvchi hiylalar

Yoshroq ko‘rinishni xohlaysizmi?Bizning maslahatlarimiz asosida qilingan makiyaj yordamida 10 yoshga yosharishingiz mumkin.

Shunday qilib, yoshingiz ulg‘ayganda nimalarga e’tibor qilishingiz lozim bo‘ladi?

Foto: AdMe

Kremlarning tarkibiy tuzilishi

Yoshingiz ulg‘ayishi bilan sevimli niqoblovchi vositalarning tarkibiy tuzilishini almashtirishingiz kerak. Yog‘upa va qovoq uchun tenlarning rangiga kelganda esa, kremli variantlarni tanlaganingiz ma’qul. Upa va gellarni yoshlarga qoldiring, chunki ular yuzni niqobga aylantirishi va mayda ajinlarni bo‘rttirib ko‘rsatishi mumkin.

Yumshoq qoshlar

Birinchidan, qoshlarni bo‘yashda unchalik qoramtir bo‘lmagan tuslarni tanlang – ular sochlaringiz rangidek yoki undan sal qoramtirroq bo‘lsin. Ikkinchidan, agar siz qalam ishlatishni yaxshi bilmasangiz, chiziqlar yumshoq va silliq chiqishi uchun e’tiboringizni tenlarga qarating.

Jigarrang tuslar

Vizajistlar, agar siz bir-ikki yosh katta ko‘rinishni xohlamasangiz, ko‘z va qoshlaringizni bo‘yashda qora rangdan foydalanmaslikni tavsiya qilishadi.

Makiyajga ifoda va yumshoqlik berish uchun buning o‘rniga shokolad rang, kulrang va karamel ranglarini tanlang.

Iliq tonlar

Tonal vositalarning tilla, karamel va shaftoli ranglari yumshoq va nozik tuslari katta yoshlilar terisiga juda mos keladi. Oqish va sovuq ranglar aksincha, haddan tashqari sovuq qiyofa yaratadi.

Manba: “Marieclaire.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.