2017-yil bahor-yozida aktual bo‘lgan makiyaj trendlari
O'qildi: 302
Bu mavsumda o‘ta tabiiylik urfda – kiyimlarda ham, aksessuarlar va makiyajda ham. Siz uchun tanlangan makiyajlarning eng aktual trendlari hatto juda issiq ob-havoda ham tabiiy va toza ko‘rinishga yordam beradi.
Foto: “Garmoniazhizni.com”Yengil qizarish
Bu bahorda terini ortiqcha bo‘yab yubormaslik urf bo‘lgan, shuning uchun qizil yog‘upa to‘g‘ridan-to‘g‘ri toza yuz ustiga suriladi. Shuningdek ular bilan yuzning alohida joylari ham to‘g‘rilanadi: yonoqlar tagi bo‘rttiriladi, yuz olmalariga yengil soyalar qilinadi, qovoq burmalari bo‘ylab chiziladi, keyin esa lablar ustiga sal yurgiziladi va makiyaj tayyor.Porlovchi teri
Tonal krem surganingizdan keyin yonoqlar, burun qirrasi va qosh yoyi ustilarini suyuq xaylayter tomchisi bilan alohida ajratib bo‘yang. Endi diqqat bilan qarang, sizga bronzerning ham va tushning ham keragi yo‘q.Teksturalangan sochlar
Bunday soch turmagi uchun sizga shampun va teksturalovchi purkagichdan boshqa hech narsa talab qilinmaydi. Sochlaringizni sochiq yordamida quriting, keyin ularni tutam-tutam qilib bir necha joylariga purkagichdan biroz seping.Tabiiy qoshlar
Qoshlarni bo‘yashga endi 5 daqiqa vaqtingiz ketadi. Ten va qalam yordamida qiynalib bo‘yab o‘tirishning o‘rniga ular ustidan tush yoki pomada yurgizib chiqing va tabiiy makiyaj tayyor bo‘ladi.Manba: “Ok-magazine.ru”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.