Salomatlik Goʼzallik Oftobda chiroyli qorayish yo‘llari

Oftobda chiroyli qorayish yo‘llari

O'qildi: 427


Oftobda chiroyli qorayish yo‘llari

Hamma uchun sevimli bo‘lgan tabiat qo‘ynida sayr qilish mavsumi boshlanishiga ham yaqin qoldi. Agar siz quyoshda sog‘liqqa zarar yetkazmasdan chiroyli qorayishni xohlasangiz – bu maqolamiz siz uchun.

Foto: Depositphotos

Terini qorayishga to‘g‘ri tayyorlash

Chiroyli va bir tekisda qorayish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish: terini piling yordamida eski hujayralardan tozalash lozim. Lekin bu mashg‘ulotlardan keyin birdaniga qorayishga ketmang, aksincha tanangizda qichishish yoki pigment dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.

Dushdan keyin terining tarangligi va egiluvchanligini saqlashga yordam beruvchi faol namlovchi vositalardan foydalanishga harakat qiling, chunki uzoq vaqt quyoshda bo‘lish natijasida teri quruqlashib qolishi mumkin.

Qorayish uchun vitaminlar

Quyoshda qorayish yaxshi natija berishi uchun, taomnomangizga melanin ishlab chiqarishga yordam beruvchi oziq-ovqatlar qo‘shish lozim: sabzi yoki  sitrusli mevalar(greypfrut, apelsin, limon, mandarin)sharbatlari.

Xavfsiz qorayish qoidalari

Mutaxassislar quyosh vannalarini quyosh bulutlar orasida bo‘lgan yoki uning nurlari tik tushmagan vaqtlarda qabul qilishni tavsiya qilishadi. Bunday holatlarda uning ta’siri inson uchun unchalik xavfli hisoblanmaydi.

Soat 12 gacha va soat 16 dan keyin qorayishga harakat qiling. Qorayish uchun qulay holatda joylashishda quyosh qaysi tomondan nur sochayotganini unutmang. Holatingizni har 5—10 daqiqada o‘zgartirib turing.

To‘g‘ri qorayishning yana bir qoidalaridan biri quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanishdir. Agar sizning teringiz oqish rangli bo‘lsa, yaxshisi quyoshdan himoyalovchi SPF 50 kremidan foydalaning.

Manba: “Anysports.tv”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.