Salomatlik Goʼzallik Yumaloq yuzli ayollarga yarashadigan soch turmaklari (foto)

Yumaloq yuzli ayollarga yarashadigan soch turmaklari (foto)

O'qildi: 479


Yumaloq yuzli ayollarga yarashadigan soch turmaklari (foto)

Uzunroq va ixcham yuz shakli odamni yoshroq ko‘rsatishi sir emas. Dumaloq yuzni bunday ko‘rsatish uchun konturing qilishga hojat yo‘q. Soch turmagi bilan ham kutilgan natijaga erishish mumkin.

Nomiga qilingan jingalak

Foto: “Domashniy ochag”

Sochlarni nomiga jingalak qilib, turmaklab yurish oval shaklidagi yuz egalari uchun ayni muddao. Buning uchun soch kaskad qilib kesilgan bo‘lsa yana yaxshi.

Klassik bob

Foto: “Domashniy ochag”

Kalta soch turmagi dumaloq yuz egasi uchun to‘g‘ri kelmaydi deb o‘ylaganlar yanglishadi. Klassik bob soch turmagida sochning old qismi uzun, orqasi kalta ekani hisobiga yuzning dumaloqligi ko‘zga tashlanmaydi.

Uchlari uzun-kalta qilib kesilgan soch turmagi

Foto: “Domashniy ochag”

Yuzining dumaloqligini yashirish uchun bunday soch turmagi klassik va eng yaxshi usullardan biri hisoblanadi. Bunday usul sochni hajmli ko‘rsatib, yuzning dumaloqligini yashiradi. Shunga qaramay, ayol yoki qiz sochlari uchun istalgan uzunlikni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Piksi

Foto: “Domashniy ochag”

Mazkur soch turmagidagi cho‘lka va sochning uzun qismi yuzning dumaloqligiga urg‘u berilmasligini ta’minlaydi. Asosiysi, cho‘lkani uzunroq qilib kesish kerak. Kalta bo‘lsa, xunuk ko‘rinib qoladi.

Sheg

Foto: “Domashniy ochag”

Uchlari tekis qilib kesilmagan va tabiiy ko‘rinishdagi soch turmagi mazkur mavsumda har qachongidan ham dolzarbroq. Dumaloq yuzni biroz cho‘zinchoqroq ko‘rsatish uchun o‘rtacha uzunlikdagi soch turmagini tanlash kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.