Salomatlik Goʼzallik Zamonaviy ayollar uchun go‘zallik borasidagi hiylalar

Zamonaviy ayollar uchun go‘zallik borasidagi hiylalar

O'qildi: 406


Zamonaviy ayollar uchun go‘zallik borasidagi hiylalar

Maqolada ayollar uchun qo‘l keladigan ba’zi hiylalar haqida gapiramiz.

Foto: Shutterstock
  • Limon sharbati yordamida tirnoq uchlarini oqartirish mumkin.
  • Sun’iy qorayishni ketkazish uchun oqartiruvchi tish pastasidan foydalanish mumkin.
  • Ko‘pirtirilgan tuxumdan qilingan niqob sochlarga tabiiy yorqinlik bag‘ishlaydi.
  • Ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun uxlashda ko‘proq chalqancha yotish kerak.
  • Ko‘zlarning tagidagi qora dog‘larni bavosil kasalligida ishlatiladigan kremlar yordamida yo‘qotish mumkin.
  • Dumaloq shaklda kesilgan bodring bo‘lakchalari yordamida qovoqlardagi shishni kamaytirish mumkin.
  • Namlovchi krem bilan paypoq tovon terisini yumshatadi.
  • Yog‘li sochlarni talk sepilgan cho‘tka bilan tarash mumkin.
  • Yonoqlarni yengil chimchilash teriga tabiiy qizillik bag‘ishlaydi.
  • Lak sovuq joyda, ya’ni sovutgichda uzoqroq saqlanadi.
  • Yog‘upani lab bo‘yog‘i bilan almashtirish mumkin.
  • Sochlar uchun konditsioner tuklarni yumshatadi va ularni olishni osonlashtiradi.
  • Hasharotlar chaqqan joydagi qichishishni tish pastasi yordamida kamaytirish mumkin.
  • Limon sharbati sochlarni rangsizlantirishga yordam beradi.
  • Taroqqa atir sepilsa, sochlar yoqimli hidni uzoq vaqtgacha saqlaydi.
  • Ko‘zlardagi shishni sovuq narsalar, masalan choy qoshig‘i yordamida ketkazish mumkin.
  • Terining sog‘lom ko‘rinishini saqlash uchun bir sutkada ikki litr suyuqlik iste’mol qilish lozim.
 




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.