Yozgi pardoz-andoz sirlari
Makiyaj qilishda yozgi kosmetika ko‘proq namlantiradigan va yuz terisini tortmaydigan, tushib, bo‘yalib va oqib ketmaydigan bo‘lishi kerak.
Foto: FlickrBo‘yovchi va parvarishlovchi vositalarning SPF-omillari yuqori bo‘lganlarini tanlang
Yozda quyosh bizni hamma joyda ta’qib qiladi. Shuning uchun yuz terisini qizarishdan, po‘sti tushishidan, ajinlardan va pigment dog‘laridan SPF-omilli vositalarni surish yordamida ko‘proq himoya qilishimiz kerak.
Yengil tonal asosdan foydalaning
Yozgi mavsumda yaxshisi yengil teksturali BB yoki CC kremlarni tanlaganingiz ma’qul. Ular nafaqat yuz rangini tekislaydi, balki teri teshikchalarini ham bekitib tashlamaydi. Bu ayniqsa yozgi davr uchun juda muhim. Shuningdek, kosmetologlar ayniqsa yozda teri uchun zarur bo‘lgan namlantiruvchi tonal asoslarni tanlashni tavsiya qilishadi.
Lablarni namlang
Yozda nafaqat yuz terisi, balki lablar ham qurib qoladi va parvarishni talab qiladi. Aynan ularda yog‘ bezlari bo‘lmaydi, terlamaydi va shuning uchun tez qurib qoladi. Yaxshisi yozda lablar uchun yaltiratuvchi vositalarni yoki SPF-omilli namlantiruvchi balzamni tanlaganingiz ma’qul.
Suvga chidamli tush tanlang
Yozda ko‘pincha suv havzalarida cho‘milishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun suvga chidamli tushlardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Suyuq podvodkalardan voz keching
Quyosh nurlari ta’sirida yoki terlash oqibatida har qanday sifatli vosita ham oqib tushishi va bo‘yalib ketishi mumkin. Shuning uchun vaqtincha suyuq podvodkalardan voz keching yoki kremli podvodkalardan foydalaning, shundagina chiziqlar ixcham va to‘g‘ri chiqadi.
Manba: “Woman.ru”
Manba