Sport bilan shug‘ullanish paytida qanday kosmetika vositalaridan foydalanish mumkin?
Biz siz uchun sport zaliga borishdan oldin qanday kosmetika vositalaridan foydalanish kerakligi to‘g‘risida bir necha maslahatlar to‘pladik.
Foto: “Woman.ru”Mashg‘ulotdan oldin terini tozalovchi va tetiklantiruvchi vositalardan foydalaning
Sport zaliga borishdan oldin kunduzgi makiyaj qoldiqlarini albatta olib tashlash, yuz terisini tozalash, tetiklantiruvchi tonik bilan artish va yengil namlantiruvchi yoki vitaminli zardob surib qo‘yish kerak. Keyin yengil tonal asos yoki konsiler sursangiz bo‘ladi. Shunday qilsangiz husnbuzarlar paydo bo‘lishining oldini olgan bo‘lasiz.
Mashg‘ulot vaqtida o‘zingiz bilan termal suv oling
Mashq qilish paytida yuzingiz toza va sog‘lom ko‘rinishi uchun o‘zingiz bilan termal suv oling. U yuz terisini bir onda tetiklashtiradi va namlantiradi.
Mashg‘ulot paytida lablaringiz uchun balzamdan foydalaning
Mashqlarni bajarish paytida lablar juda qurib qoladi, shuning uchun namlantiruvchi va oziqlantiruvchi balzamlardan foydalaning. Tarkibida oziqlantiruvchi va tiklovchi moddalari bo‘lgan va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oluvchi gigiyenik lab bo‘yoqlarini tanlang.
Mashg‘ulotlar paytida upadan voz keching
Upa teri teshikchalarini yopib qo‘yadi va bundan tashqari mashq bajarish sharoitida teri ustida uzoq vaqt tura olmaydi. Shuning uchun uni yuz terisiga surishning foydasi yo‘q. Kosmetologlarning ta’kidlashicha, kamida ikkita xususiyatga ega bo‘lgan – yuqori darajada barqaror va teri teshikchalarini yopib qo‘ymaydigan kosmetik vositalarni tanlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Kipriklar uchun suvga chidamli tush tanlang
Mashg‘ulot paytida yoyilib ketmasligi uchun bir qatlam qilib suriladigan suvda erimaydigan sifatli tush tanlang.
Manba: “Whealth.ru”
Manba