Salomatlik Goʼzallik Uy sharoitida yuz terisini piling qilishning arzon va xavfsiz usuli

Uy sharoitida yuz terisini piling qilishning arzon va xavfsiz usuli

O'qildi: 352


Uy sharoitida yuz terisini piling qilishning arzon va xavfsiz usuli

Uy sharoitida mustaqil ravishda yuz terisini parvarish qilishda ichak faoliyatini tiklashda ishlatiladigan dori vositasi “Xilak forte” ajoyib ravishda yordam beradi.

Foto: “Woman.ru”

Ko‘pchilikka tanish bo‘lgan “Xilak forte” tomchilari tarkibi piling qilishda muhim vazifani bajaruvchi sut kislotasidan tashkil topgan.

Bunday amallar qanday muammolarni hal qilishda yordam beradi?Birinchi o‘rinda, pigment dog‘lar va sepkillar, shuningdek teridagi boshqa ko‘plab muammolar: kengaygan teshikchalar, ajinlar, husnbuzarlar va hatto terining sho‘ralashi. Sut kislotasi bilan piling qilish bir haftada bir marta, agar yuz terisi quruq bo‘lsa – ikki haftada bir marta amalga oshiriladi.

Aralashmani surishdan oldin yuz terisi tozalanadi, bug‘li vanna qilinadi va yuz terisining ko‘z atrofi sohasidan boshqa joylari yog‘sizlantiruvchi losyon bilan artiladi. Keyin esa uqalovchi harakatlar bilan piling vositasining o‘zi suriladi. 15–20 daqiqadan so‘ng terini sovuq suv bilan yaxshilab yuvib tashlash va namlovchi krem surish lozim bo‘ladi.

Pigmentatsiyaga qarshi vosita

Yog‘liligi 2,5% bo‘lgan 3 osh qoshiq qatiq va 5 tomchi “Xilak forte”ni aralashtiring.

Ajinga qarshi vosita

30 ml o‘zingizning odatdagi yoshartiruvchi losyoningiz va 10 tomchi “Xilak forte”ni aralashtiring.

Quruq terini namlovchi va taranglashtiruvchi vosita

30 ml oziqlantiruvchi krem va 10 tomchi “Xilak forte”ni aralashtiring.

Husnbuzar va toshmalarga qarshi vosita

10 ml distillangan suv va 10 ml “Xilak forte”ni aralashtiring.

Shuni esda tutingki, bunday piling ham o‘ziga xos nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘ladi!Agar yuzingizda ochiq yara bo‘lsa yoki o‘zingizda vositani qo‘llab bo‘lmaydigan holatlarni sezgan bo‘lsangiz, undan foydalanish mumkin emas.

Manba: “Woman.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.