Salomatlik Goʼzallik Nima uchun husnbuzarlarni siqish mumkin emas?

Nima uchun husnbuzarlarni siqish mumkin emas?

O'qildi: 400


Nima uchun husnbuzarlarni siqish mumkin emas?

Husnbuzarlar yoki toshmalar — tuk follikulalari va unga tutashib ketgan ter va yog‘ bezlarining yallig‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi.

Nima uchun husnbuzarlarni siqish mumkin emas?

Foto: Shutterstock

Aknelarning turli xil tasniflari mavjud. Lekin umumiy holda ularni ikki toifaga ajratish mumkin: husnbuzarlar va komedonlar. Komedonlar — bu teri teshiklarining yog‘ bezlari shirasi tufayli bekilib qolishi tufayli paydo bo‘ladigan toshmalar. Agar buning natijasida yog‘ bezlari yallig‘lansa, unda husnbuzarlar hosil bo‘ladi.

Teri bezlaridan yog‘ ajralib chiqishining yuqori bo‘lishi yoki yuz terisini noto‘g‘ri parvarish qilish tuk follikula teshiklarining yopilib qolishiga olib keladi, bu esa teri yuzasida har doim yashaydigan bakteriyalarning ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratib beradi.

Bu esa o‘z navbatida yallig‘lanishning kuchayishiga yordam beradi. Natijada follikula atrofidagi soha qizaradi, shishadi va og‘riq paydo bo‘ladi, asta-sekinlik bilan yiring yig‘iladi. U yorilsa, teri infeksiyadan va to‘planib qolgan yog‘lardan tozalanadi.

Agar siz mustaqil ravishda husnbuzarlarni siqsangiz, bu yallig‘lanishning tarqalib ketishiga, dog‘larning to‘planishiga, giperpigmentatsiyaga va hatto qonning zaharlanishiga olib kelishi mumkin.

Ba’zan shundan keyin yuzda uzoq vaqtgacha yo‘qolmaydigan chandiqlar va qizil-ko‘kimtir dog‘lar qoladi. Shuning uchun toshma kasalliklarini davolash uchun yaxshisi kosmetologga murojaat qilish kerak.

Ko‘r-ko‘rona aralashuv oqibatida teri zararlanishidan ko‘ra husnbuzarlarni davolash osonroq ekanligini e’tiborga oling. Buning oldini olish uchun sabr qilishga to‘g‘ri keladi.

Agar sizda chandiqlar qolgan bo‘lsa, kosmetolog tarkibida kollagen va gialuron kislotasi bo‘lgan filler inyeksiyalarini, suyuq azot, piling, lazerli silliqlash yordamida qilinadigan davolash usullarini taklif qilishi mumkin.

Manba: “Woman.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.