Salomatlik Goʼzallik Chakamug‘ moyi yordamida soch va kipriklarni o‘stirish mumkinmi?

Chakamug‘ moyi yordamida soch va kipriklarni o‘stirish mumkinmi?

O'qildi: 409


Chakamug‘ moyi yordamida soch va kipriklarni o‘stirish mumkinmi?

Chakamug‘ moyi(repeynoye maslo)qariqiz ildizlaridan olinadi. Ildizlar maydalanadi va zaytun, kungaboqar va boshqa yog‘lar ichiga solib qo‘yiladi.

Foto: “Woman.ru”

Chakamug‘ moyi ko‘pincha kosmetikada terini, tirnoqlar va sochlarni parvarish qilish uchun ishlatiladi.

Kosmetik maqsadlarda chakamug‘ moyining o‘zini ham, turli xil qo‘shimchalar: propolis, choy daraxti, sarimsoq, moychechaklar bilan birga ham ishlatishadi.

Chakamug‘ moyi sochlar uchun qanday qo‘llaniladi?

Chakamug‘ moyini quruq sochlarga ham, ho‘l sochlarga ham surish mumkin. Yog‘ni suv bug‘i yordamida 30–40 darajagacha qizdiring va boshingizga suring. Bosh terisini uqalang va uni butun soch uzunligi bo‘ylab taqsimlang(qizil qarampir qo‘shilgan chakamug‘ moyidan tashqari qolgan hammasi faqat ildizlariga suriladi).

Yelkadan pastga tushib turadigan sochlar uchun besh osh qoshiq moy kerak bo‘ladi. Sochlaringizni yig‘ib to‘dalang, dushda kiyiladigan shapkani kiying va boshingizni sochiq bilan o‘rang. 1,5-2 soat shunday qoldiring.

Keyin issiq suv, moychechak damlamasi yoki olma sirkasining suyuq eritmasi(1 litr suvga 1 osh qoshiq)yordamida yuving. Agar bosh terisi va sochlar yog‘lilikka moyil bo‘lsa, shampun bilan yuving.

Chakamug‘ moyi kipriklar va qoshlar uchun qanday qo‘llaniladi?

Kipriklar va qoshlar quyuq, chiroyli bo‘lishi uchun ularni parvarishlash zarur. Bunda sizga qo‘l keladigan vositalardan biri chakamug‘ moyidir. Ko‘pincha u kipriklarni o‘stirgandan keyin ishlatiladi. Shuningdek u qoshlari siyrakligi uchun ularni har doim bo‘yab yuradigan qizlarga ham yordam beradi.

Cho‘tkacha sotib oling yoki eski tush tyubigidan foydalaning. Dozatorni chiqarib oling, flakonni va cho‘tkani yaxshilab yuving. Shprits yordamida tyubikni chakamug‘ moyiga to‘ldiring va dozatorni avvalgi joyiga joylashtiring.

Agar sizda laynerning cho‘tkachasi bo‘lsa, moyni qoshingizga va kipriklar uzunligi bo‘ylab  yuqori qovog‘ingizning qo‘zg‘aladigan qismiga suring. Tushning cho‘tkachasi yordamida kipriklaringizni va qoshlaringizni o‘rtasidan boshlab uchlarigacha tarang. Yog‘ning ortiqchasini paxta bo‘lagi bilan artib oling.

Chakamug‘ moyi kipriklar va qoshlar uchun bir-ikki oy davomida har kuni ishlatiladi.

Manba: “Woman.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.