Ortiqcha makiyajsiz, tabiiy go‘zal ko‘rinishning 5 usuli
Bo‘yanish bu chaplanish degani emas, kosmetik vositalarni me’yorida ishlatib ham go‘zal ko‘rinish mumkin. Quyida sizga asqatishi mumkin bo‘lgan ayrim tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.
Foto: Pinterest1. Makiyaj ideal bo‘lishi uchun chyotkalar bo‘lishi shart emas, ayniqsa labni bo‘yashda buning, umuman, hojati yo‘q. Chizilgan labdan ko‘ra, barmoqlar yordamida tabiiy qilib surtilgan pomada chiroyli ko‘rinadi. Qolaversa bunday usul bilan lablar yanada jozibali ko‘rinadi.
2. Yuz terisini tiniq ko‘rsatish uchun qavat-qavat tonal krem surtishning keragi yo‘q. Buning o‘rniga CC yoki BB kremdan foydalanish tavsiya qilinadi. Yuzingizda sepkil yoki xol bo‘lsa, ularni butkul yashirishga urinmang, individual go‘zal bo‘ling, hammadek emas.
3. Qoshlarni chizishni bas qiling. Shunchaki ularni tartibga keltirish va rangsiz gel surtishning o‘zi kifoya. Chizib olish sizni tabiiy, tartibga keltirilgan qoshlarchalik go‘zal ko‘rsatmaydi.
4. Haylayterdan to‘g‘ri foydalanilsa makiyaj mukammal va o‘ziga xos ko‘rinadi. Uni nafaqat yonoqlar uchun, balki ko‘zga surtiladigan ten o‘rniga ham ishlatish mumkin.
5. Ortiqcha bo‘yoqlarsiz tabiiydek yarqirab turadigan makiyaj uchun eng avvalo teringiz ahvoli haqida qayg‘uring. Muntazam ravishda namlantiradigan kremlardan foydalanishni kanda qilmang. Teri holati yaxshi bo‘lmasa, surilgan kosmetik vositalar yig‘ilib, notabiiy ko‘rinish kasb etadi.
Mavzuga doir:
- Tabiatning o‘zi tabib: terini sog‘lom va yosh ko‘rsatuvchi 6 mahsulot
- Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato
- Ko‘zni bo‘yashda yo‘l qo‘yiladigan 5 xato
- Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?6 tavsiya
Manba