Yosh ko‘rinish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Inson necha yoshda bo‘lishi emas, o‘zini necha yosh deb bilishi va oynaga qaraganda nimani his qilishi muhim. Yosh ko‘rinishni istovchilar uchun quyidagi tavsiyalar bilan bo‘lishamiz:
Foto: PeoplesHayotdan zavqlanib yashang
Ba’zi ayollar 30 yoshdayoq yoshi o‘tgan, hamma yaxshi narsalar ortda qolgan deb hisoblaydi, ba’zilar bo‘lsa 70 yoshda ham o‘zini qari deb hisoblamaydi va hayotdan maksimal darajada zavqlanib yashaydi. Siz o‘zingizni qanday his qilishingiz tanlovingizga bog‘liq. Yosh haqida emas, oldinda yana qanday yangiliklar sizni kutayotgani haqida o‘ylashga harakat qiling. Farzandlaringiz katta bo‘lgan bo‘lsa, sizda o‘zingizga ko‘proq vaqt ajratishga imkon bor. Shunday ekan, sizni qiziqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Baxtdan ko‘zlaringiz porlasin, har bir yangi kunga shukr qilib, bahra olib yashang. Unutmang, ruhiyatingiz, o‘zingizni qanday his qilishingiz tashqi ko‘rinishingizda aks etadi.
Yangi imij
Foto: “V kurse jizni”Oxirgi marta qachon soch rangi, turmak yoki makiyajingizni butunlay o‘zgartirdingiz?Kiyinish uslubingizni-chi?Ancha bo‘lgan bo‘lsa, bahor mavsumi tashqi ko‘rinishga o‘zgartirish kiritish uchun ayni muddao. Karantin vaqtida bo‘lsa, bemalol nimalarni o‘zgartirish haqida aniq qarorga kelib olishingiz mumkin. Sochingiz och rangda bo‘lsa, to‘q rangga bo‘yang yoki aksincha. Faqat bu borada yuz tuzilishi, qaddi-qomatingizga qarab ish tuting.
Garderobingizni yangilang
Garderobdagi liboslarning sizni tashqi ko‘rinishingiz qanday bo‘lishida ahamiyati katta. Yarashgan, bejirim liboslar kishini yosh ko‘rsatsa, beo‘xshov libos ortiqcha yosh qo‘shadi.
Yosh ko‘rinish uchun quyidagilarga e’tibor bering:
- Haddan tashqari keng va uzun liboslardan voz keching.
- To‘q va kulrang liboslar kiyishdan qoching. Bunday rang yuzni rangsiz va nosog‘lom ko‘rsatadi.
- Yoshingizga yarashmaydigan bachkana liboslarni tanlamang. Kiyinish borasida oltin oraliqni toping.
- Bir vaqtning o‘zida 3 tadan ortiq taqinchoq taqmang. Keragidan ortiq yaltir-yultir yoshga yosh qo‘shadi.
- Chiroyli obraz uchun birgina taqinchoqning o‘zi yetarli.
Yosh ko‘rinishni istaysizmi?Sport bilan shug‘ullaning. Yoqadimi, yo‘qmi, lekin bu haqiqat — ortiqcha kilo yoshni katta ko‘rsatadi. Ko‘proq yayov yuring, bir joyda uzoq harakatsiz o‘tirmang.
Tiniq va sog‘lom teri
Teri ko‘rinishi sizning yoshingiz haqida ko‘p narsani aytib beradi. Aksariyat ayollar yuz ko‘rinishiga e’tibor qaratadi, ammo bo‘yin va qo‘l ko‘rinishi qandayligini unutadi. Teri uchun mo‘ljallangan balzam va kremlardan foydalanishni yoddan chiqarmang.
Makiyajga e’tibor bering
Foto: Getty ImagesMakiyajdan avval yoshartiruvchi krem surtishni unutmang. Tonal kremdan ko‘p foydalanmang. Bunday kremlar ajinni ko‘paytiradi.
- Lab bo‘yog‘ining neytral rangini tanlang. Haddan ortiq to‘q rang yoshni katta ko‘rsatadi.
- Haylayterni ham me’yoridan ortiq ishlatmang.
Siz iste’mol qiladigan narsalar tashqi ko‘rinishingiz qanday bo‘lishining eng asosiy omili hisoblanadi. Yosh ko‘rinish uchun xamirli, shirin, qovurilgan, tuzli mahsulotlarni yeyishni kamaytiring. Sabzavot, meva va sutli mahsulotlarni ratsioningizga kiriting.
Mavzuga doir:
- Arab qizlarining go‘zallik siri nimada?
- Tabiatning o‘zi tabib: terini sog‘lom va yosh ko‘rsatuvchi 6 mahsulot
- Uydan ishlayotganda salomatlikka putur yetkazmaslik uchun 4 tavsiya
- Baxtli insonlarga xos 5 ta fazilat
Manba