Salomatlik Goʼzallik Karantin o‘ziga qaramaslikka bahona xolos. Ko‘p vaqt olmaydigan tonggi soch turmagi

Karantin o‘ziga qaramaslikka bahona xolos. Ko‘p vaqt olmaydigan tonggi soch turmagi

O'qildi: 471


Karantin o‘ziga qaramaslikka bahona xolos. Ko‘p vaqt olmaydigan tonggi soch turmagi

Karantin o‘ziga qaramaslik uchun bahona bo‘lmasligi kerak, sochni chiroyli turmaklash uchun esa soatlab oyna qarshisidan jilmaslik yoki salonga borishni rejalashtirishning ham keragi yo‘q. Marie Claire nashri ayol va qizlarni hamisha tashqi ko‘rinishiga e’tiborli bo‘lishga chorlagan holda ko‘p vaqt olmaydigan, uyda bajarsa bo‘ladigan turmak bilan bo‘lishdi.

Har tong mukammal ko‘rinish qiyin, ammo ilojsiz emas. Bunda tartibli soch turmagi muhim rol o‘ynaydi.

Foto: Freepik

Sochni turmaklash uchun:

  • Fen
  • Soch dazmoli yoki ployka
  • Turmak uchun kosmetika vositalari kerak bo‘ladi.
Bajarilish jarayoni:1. Turmak uchun soch yuvilgan va nam bo‘lishi kerak. Shampun bilan yuvilgach, soch uchun mo‘ljallangan konditsionerdan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda sochlaringiz egiluvchan va turmakka moslashuvchan bo‘ladi.

2. Sochlaringizni quriting va yengil harakatlar bilan tarang.

Foto: Hairstyles

3. Turmak uchun o‘zingizga mos bo‘lgan kosmetik vositadan foydalaning. Bu sochni qalin ko‘rsatuvchi krem yoki losyon bo‘lishi mumkin. Tanlangan vositani nam soch tolalariga surting va fen yordamida quritishni boshlang. Fen ishlatayotganda ikkinchi qo‘lingiz bilan yoki taroq yordamida sochingizni ildizlaridan ko‘taring.

4. Keyingi bosqichda soch dazmoli yoki ployka yordamida sochingizni jingalak qiling. Bunda qurilmani yuz qismidan pastga qarab yo‘naltirgan yaxshi.

5. Jingalak qilib bo‘lgach, qo‘l harakatlari bilan turli tomonga qarata tarang. Bunda soch yanada tabiiy va qalinroq ko‘rinadi.

Mavzuga doir: 

  • Ortiqcha makiyajsiz, tabiiy go‘zal ko‘rinishning 5 usuli
  • Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato
  • Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?6 tavsiya


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.