Salomatlik Goʼzallik Xarid qilish tavsiya qilinmaydigan kosmetik vositalar

Xarid qilish tavsiya qilinmaydigan kosmetik vositalar

O'qildi: 262


Xarid qilish tavsiya qilinmaydigan kosmetik vositalar

Quyidagi kosmetik vositalarni xarid qilish, pulni ko‘kka sovurishdan boshqa narsa emas.

Foto: Guru TestTen palitrasi

Ichida 120 xil rangni o‘ziga jamlagan palitrani olib, undan ko‘pi bilan 20 tasini ishlatasiz. Hatto, professional makiyaj bilan shug‘ullanadiganlar ham buncha ko‘p rangdan foydalanmasligi aniq. Ranglar ko‘pligiga uchmasdan rostan ham kundalik surtsa bo‘ladigan va qo‘shimcha sifatida bir-ikki maxsus tadbirlarga mo‘ljallangan ranglari bor ten xarid qiling.

Makiyaj uchun cho‘tkalar to‘plami

Xarid davomida son emas, sifatni tanlashni o‘rganing. 30 talik cho‘tkani olib, ishlatilmaydigan buyumlaringiz sonini ko‘paytirgandan ko‘ra 10-12 ta kerakli, asosiysi sifatli to‘plamni sotib oling.

Soch gullashiga qarshi vosita

Soch tolasi gullashining birdan bir yechimi — kestirish hisoblanadi. Shuning uchun bekorga har xil vositalarga mablag‘ sarflashni bas qiling. Undan ko‘ra sochingizga tabiiy oziqlantiring, parvarish qiling, gullashni oldini olish uchun ma’lum muddatda sartaroshga borib turing.

Selyullitga qarshi krem

Selyullitni turli vositalar bilan yo‘q qilishga urinmang, foydasi yo‘q. Lekin bu yechim yo‘q degani emas, yaxshisi taomnomangizga e’tibor bering, sport bilan shug‘ullaning, massaj muolajasini oling. Krem surtib, kun bo‘yi harakatsizlik bilan faqat o‘zingizni aldaganingiz qoladi.

Universal shampun va krem

Inson tashqi ko‘rinishi bir-biriga o‘xshamagani singari, organizm, teri tuzilishi va soch ham har xil bo‘ladi. Bu degani universal har qanday vositadan foydalanavermaslik kerak. Teringiz quruq bo‘lsa, universal krem yoki shampun terining qurishi, sochingizda qazg‘oq ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘zingizdan kelib chiqib, individual vosita tanlang.

Foto: Cosmopolitan

Teri va lab skrabi

O‘z qo‘lingiz bilan tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan narsaga pul ketkazgandan nima naf?Kofe, asal, tuz va zaytun yog‘idan tayyorlangan skrab tabiiy va ishonchliligi bilan siz xarid qiladigan qimmatbaho vositalardan yaxshiroq natija ko‘rsatadi.

Qazg‘oqqa qarshi shampun

Qazg‘oqdan xalos bo‘lish uchun bilar-bilmas vositalardan foydalangandan ko‘ra, bir marta shifokor ko‘rigida bo‘lish va tavsiyalariga asosan davolanish kerak. Shampun yoki balzamlar ma’lum muddat qazg‘oqlarni yo‘q qilgani bilan keyin yana takror kuzatilishi mumkin.

Tonik

Kosmetologlar yuz terisining sog‘lom va tiniq bo‘lishi uchun tonikdan foydalanishni tavsiya qiladi, lekin tarkibida gamamelis va spirt bo‘lgan vositalarni xarid qilmaslik kerak. O‘rniga gialuron kislota yoki aloy bo‘lgan toniklari xarid qiling.

Pastki kiprik uchun mo‘ljallangan tush

Tepa kiprik uchun alohida, pastki kiprik uchun alohida tush xarid qilish, pulini qayerga qo‘yishni bilmayotganlarga xos. Axir tush tarkibi ham, kipriklar tuzilishi ham bir xil bo‘ladi. Shunchaki pastki kipriklarga surtilganda surkalib ketmasligi uchun cho‘tkasi ingichkarog‘ini tanlash kerak, xolos.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.