Dugonangizga foydalanish uchun berish tavsiya qilinmaydigan kosmetik vositalar
Nafaqat tashqi ko‘rinishingiz, balki salomatligingiz uchun ham quyidagi kosmetik vositalardan faqat o‘zingiz foydalanishingiz kerak.
Foto: Ledi-KatKipriklarga surtish uchun mo‘ljallangan tush
Foto: CosmopolitanOqibati nima bo‘lishi mumkin? Konyuktivit.
Nima uchun? Terinikidek himoya funksiyasi bo‘lmagani sabab ham, ko‘z shilliq qavatining bakteriyalar bilan zararlanishi ehtimoli ko‘p. Gigiyenaga rioya qilmaslik va bir vositadan ikki kishi foydalanishi oqibatida esa konyuktivit kelib chiqishi mumkin.
Makiyaj uchun mo‘ljallangan cho‘tka
Foto: CosmopolitanOqibati nima bo‘lishi mumkin? So‘gal yoki husnbuzarlar toshishi.
Nima uchun? Namlik mikroblar uchun qulay sharoit hisoblanadi. Yuvinish xonasi haroratida turgan cho‘tkalar esa mikroblar koni bo‘lishi mumkin. Shu sabab shaxsiy vositalarni birovga bermaslik va olmaslik tavsiya qilinadi.
Bankali idishdagi kosmetik vositalar
Foto: CosmopolitanOqibati nima bo‘lishi mumkin? Teriga toshma toshishi.
Nima uchun? Bunday idishdagi kremdan foydalanish uchun avvaliga qo‘lni yaxshilab yuvish kerak, boshqa odam olganida esa qo‘lida qancha bakteriyalar borligi hammaga ma’lum.
Lab bo‘yog‘i yoki blesk
Foto: CosmopolitanOqibati nima bo‘lishi mumkin? Uchuq toshishi.
Nima uchun? Lab terisi juda ham nozik va sezuvchanligi uchun ham lab terisining ko‘chishi va qurishi holatlari ko‘p kuzatiladi. Bu esa infeksiya kirishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shu sabab ham lab bo‘yog‘ingizni birovga bera ko‘rmang.
Linza
Foto: CosmopolitanOqibati nima bo‘lishi mumkin? Ko‘zning infeksion kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Nima uchun? Yuqorida ta’kidlanganidek ko‘z shilliq qavati juda ham nozik. Shu sabab ham shaxsiy ko‘z linzalarni hech kimga berish tugul, o‘zingiz teginganda ham qo‘lni yaxshilab yuvib foydalanish va yallig‘lanishni oldini olish tavsiya qilinadi.
Mavzuga doir:
- Tabiatning o‘zi tabib: terini sog‘lom va yosh ko‘rsatuvchi 6 mahsulot
- Foydalidek tuyuladigan 3 ta zararli mahsulot
- Yomon ko‘rinishingizga sabab bo‘layotgan ovqatlanishdagi 7 xato
- Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida
Manba