Salomatlik Goʼzallik Qovoqlar shishib uyg‘onishning sababi nimada?

Qovoqlar shishib uyg‘onishning sababi nimada?

O'qildi: 350


Qovoqlar shishib uyg‘onishning sababi nimada?

Uyqudan turganingizda qovoqlaringiz shishgan bo‘lishi nima bilan bog‘liq?Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Foto: Getty Images

Turli vositalardan bilar-bilmas foydalanish

Ko‘z atrofi terisini bilar-bilmas parvarish qilish, turli vositalardan foydalanish kabilar ham shishning sabablaridan biri hisoblanadi. Shishlardan qutulish uchun qilingan harakatlar ham shuning singari ko‘z tagida qora xaltachalar, ajin paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu har qanday kosmetik vosita ham hammaning terisi uchun mo‘ljallanmagani va teskari natija berishi mumkinligidan dalolat. Parvarishlovchi krem surtilganidan keyin ortiqcha qismi teri ustida qolib, namlik yig‘adi va qarabsizki ko‘z tagida xaltachalar paydo bo‘ladi. Shu sabab ham bunday vaqtda namlantiruvchi kremlardan foydalanmay turish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari ko‘z atrofiga krem surtishda ham ehtiyot bo‘lish, kipriklarga yaqin, ko‘p miqdorda surmaslik kerak.

Uyqu bilan bog‘liq muammo

Tiniqib va to‘yib uxlash — sog‘lom tashqi ko‘rinishning garovi. Shu sabab ham barcha ekspertlar uyquning me’yorda bo‘lishiga befarq bo‘lmaslik kerakligini ta’kidlaydi. 7-8 soatdan kam uxlamaslik, shu bilan birga oshirib yubormaslik ham tavsiya qilinadi. Chunki bu tashqi ko‘rinishga, xususan, qovoqlar shishiga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Ovqatlanish

Yotishdan avval yog‘li, zararli ovqatlanish ertasi kuni nafaqat tarozida balki, tashqi ko‘rinishingizda ham aks etmay qolmaydi. Shuni inobatga olgan holda uyquga yotishdan kamida 3,5 soat avval ovqatlanish tavsiya qilinadi. Qolaversa, suyuqlik ichishda ham e’tiborli bo‘lish, yetarlicha suv ichish va aksincha oshirib yubormaslik ham kerak. Chunki bu organizmda ortiqcha suyuqlik yig‘ilishiga olib kelishi mumkin.

Allergiya qo‘zg‘atuvchi kosmetik vositalar

Qovoqlar shishishi yangi kosmetik vositani ishlatishni boshlaganingizdan keyin kuzatilsa, bu uning tarkibidagi qaysidir komponentning allergiya qo‘zg‘atayotganidan darak beradi. Bu kabi oqibatlardan qochish uchun sifatli kosmetik vositalar xarid qilishga va arzoniga uchmaslikka harakat qiling.

Shishlarni bartaraf qilish mumkinmi?

Oshxonada ishlatiladigan choy qoshiqni olib muzlatkichga 1 soatga qo‘ying. Vaqt o‘tgach, qoshiqni burun chetidan qoshingizning tashqi tarafi tomon yengil harakatlantiring. Sovuq harorat ta’sirida shishish ketadi va ko‘rinishingiz sog‘lom va tetik ko‘rinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.