Salomatlik Goʼzallik Ko‘z atrofidagi ajinlarni ukolsiz yo‘qotish uchun tavsiyalar

Ko‘z atrofidagi ajinlarni ukolsiz yo‘qotish uchun tavsiyalar

O'qildi: 389


Ko‘z atrofidagi ajinlarni ukolsiz yo‘qotish uchun tavsiyalar

Ajinlardan qutulish uchun yuzni inyeksiyalar bilan qiynashning hojati yo‘q, quyidagi tavsiyalarga amal qilsangiz kifoya.

Foto: Cosmopolitan

Krem

Agar yoshingiz hali 30 dan oshmagan, lekin yuzingizda kichik ajinlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, unda pulingizni turli vositalar, xususan, gellarga sarflamaslik, uning o‘rniga tarkibida retinoid bo‘lgan kremlardan, profilaktika sifatida esa C vitaminiga boy kremdan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki aynan ushbu vitamin kollogen sintezi va hujayralar regeneratsiyasiga javob beradi. Shuningdek, gialurona kislotasi bor bo‘lgan kremlar ham yaxshi foyda beradi.

Foto: Cosmopolitan

Uqalash

Ajin tushishining oldini olish yoki ularning kamayishi uchun yuzni uqalash yaxshi natija beradi. Agar uqalash zaytun yoki kokos yog‘i bilan amalga oshirilsa bormi, kutilgandan tezroq o‘zgarish seziladi. Chunki ushbu yog‘lar tarkibidagi vitamin E va boshqa antioksidantlar terining oziqlanishi va hujayralarning qayta tiklanishiga sababchi bo‘ladi. Yuzni kuniga bir-ikki marta bir necha daqiqa davomida uqalash tavsiya qilinadi.

Ko‘z atrofiga niqob

Do‘kon to‘la tayyor niqoblar bo‘lishiga qaramay, ularni uy sharoitida o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlash maslahat beriladi. Bu orqali siz ham kimyoviy vositalarsiz tabiiy niqob bilan terini yaxshilagan hamda mablag‘ingizni tejagan bo‘lasiz. Quyida niqoblar retseptini havola etamiz.

Foto: Cosmopolitan

Kartoshkali niqob

Kartoshkani bo‘tqa holiga keltiring va yog‘li qaymoq qo‘shing. Aralashmani ko‘zingiz atrofiga surting va 15 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.

Tuxum sarig‘idan tayyorlanadigan niqob

Tuxum sarig‘iga limon sharbati hamda bir choy qoshiq zaytun yog‘i qo‘shing. Niqobni ko‘z atrofidagi teriga surting va 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang.

Qulupnayli niqob

Qulupnayni bo‘laklarga bo‘lib, bo‘tqa holiga keltiring va bir choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Aralashmani dokaga solib, ko‘zingiz atrofiga qo‘ying, 15 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.