Go‘zallik uchun qurbonlik: Supermodel Naomi Kempbell yosh ko‘rinishi uchun amal qiladigan qat’iy qoidalar
Taniqli model Naomi Kempbellning yoshi ellikda bo‘lishiga qaramasdan, mashhur brend va suratchilar u bilan hamkorlik qilish uchun navbatda turadi. Bunga uning yoshiga nisbatan go‘zal ko‘rinishida muhim rol o‘ynaydigan, model bir necha yillardan beri amal qilib keladigan parhez sababchi. Quyida Naomining go‘zalligi siri bilan bo‘lishamiz.
Foto: PopbeeKempbell shaxsiy oshpazi tayyorlagan taomlarni tanovul qiladi. Oshpaz nafaqat uyda, balki tadbir va safarlar uchun ham modelga maxsus taomlar tayyorlaydi. U hech qachon restoran taomlarini iste’mol qilmaydi, uning ratsionidan faqat uyda tayyorlangan taom va barra mahsulotlar o‘rin olgan.Foto: Getty ImagesU amal qiladigan asosiy qoida kuniga bir marotaba tanovul — tushlik taomi hisoblanadi. Nonushta va kechki ovqat o‘rnini bosishiga qaramay, tushlik taomida kaloriyalar miqdori cheklangan. Faqatgina yakshanba kuni Naomi oshpazi tayyorlagan shirinlik, desert, puding va pirojniylarni yeyishi mumkin.
Shuningdek:1. Model, tovuq, tarkibida glyutein bo‘lgan va sutli mahsulotlarni iste’mol qilmaydi.
2. Zanjabil, qizil bulg‘ori ozish uchun ahamiyatli bo‘lgan mahsulotlar sanaladi, Naomi ulardan tayyorlangan taomlarni sevib iste’mol qiladi.
3. Uning taomnomasida dudlangan va sho‘r mahsulotlarga o‘rin yo‘q. Model iloji boricha tuzli taomlarni kam iste’mol qilishga harakat qiladi
4. Spirtli ichimliklar ichmaydi.
5. Issiq bo‘lgan kunlarda model, umuman, ovqatlanmaydi. Bunday vaqtda u faqat mevali sharbat va oddiy suv ichishi mumkin. O‘zini yomon his qilgan vaqtlari u bir-ikki haftalab ham hech nima yemasligi mumkin.
6. Bir yilda bir necha marotaba Naomi, organizmini tozalash uchun 10 kun davomida zarang siropi, limon va kayen qalampiri qo‘shib tayyorlangan maxsus limonad yoki yalpizli damlama va suv iste’mol qiladi.
7. Oddiy kunlarda ham Naomi ko‘p suyuqlik — limon qo‘shilgan suv, giyohli choy va yashil smuzi iste’mol qiladi.
Manba