Eng katta ko‘z va ingichka bel − noodatiy go‘zallik sohibalari
Yoshlar orasida avvalgiga nisbatan iloji boricha mashhur bo‘lishga intilish ko‘paygan. Bunday muvaffaqiyatga faqatgina dunyo go‘zallari yoki noyob iste’dod egalarigina emas, balki noodatiy tashqi ko‘rinishga ega insonlar ham erishishi mumkin.
Mariya Oz katta ko‘zlari bilan mashhur
Foto: Getty ImagesMariyaning so‘zlariga ko‘ra, mukammal ayol g‘ayrioddiy bo‘lishi kerak: ichki olami ham, tashqi ko‘rinishi ham. Ukrainalik Instagram modeli boshqalar bilan bellasha oladigan katta ko‘zlari bilan mashhur. Mariyaning katta ko‘zlari uning atrofidagi barcha go‘zal ayollardan ajralib turishi uchun kifoya qiladi.
Yekaterina Lisinaning uzun oyoqlari muvaffaqiyat olib kelgan
Foto: Getty ImagesYekaterinaning aytishicha, o‘ziga ishonmaydigan qizlarga ilhom manbayi bo‘lish maqsadida o‘zini Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishini so‘ragan. U maktabda o‘qib yurgan paytda o‘ziga nisbatan bo‘lgan kamsitishlarga qaramay, barcha maqsadlariga erishdi. Yekaterina basketbolda muvaffaqiyatga erishishi bilan birga, 2008-yil bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida yugurish bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Uning yana bir orzusi bor, model bo‘lish. Shuning uchun ham u keyinchalik sportdagi faoliyatini to‘xtatdi va “Eng yuqori professional model” unvoniga sazovor bo‘ldi. Uning muvaffaqiyatiga oyoqlari xalaqit bermadi.
Sofiya Xajipanteli qalin qoshlaridan faxrlanadi
Foto: Getty ImagesUning tashqi ko‘rinishi hammaga ham birdek yoqmasligini bilgan holda, Kipr modeli qoshlarini termaydi, aksincha uni parvarish qiladi, o‘stiradi va o‘zining madaniyatidan g‘ururlanadi. Sofiyaning aytishiga ko‘ra, u AQShga ko‘chib borganidan keyin past bo‘yi, tashqi ko‘rinishi va kelib chiqishi tufayli doimiy ravishda sinfdoshlari tomonidan mazax qilingan. Ammo u hozirda ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratlardan ham xafa bo‘lmaydi va o‘zini ajoyib ko‘rinishga egaligiga ishonadi.
Szyansiyaning uzun kipriklari yuziga tushadi
Foto: Getty ImagesGinnes rekordlar kitobiga kiritilgan xitoylik ayol Szyansiyaning kipriklari 13 santimetrni tashkil etadi. Qiziq ayol kundalik hayotda qanday qilib yuradi, uni quloqlari ortiga oladimi yoki yanoqlariga tushirib yuradimi?
Mishel Kobke ingichka bel sohibasiga aylandi
Foto: Getty ImagesO‘tgan davrda Yevropa ayollarini korsetsiz tasavvur qilib bo‘lmagan. Ammo hozirda ham unga murojaat qiladigan qizlar topiladi. 20 yoshlik nemis ayol Mishel Kobke 64 santimetrlik belidan qoniqmadi va uch yil mobaynida karsetni yechmadi. Amerikalik Keti Yungning bel aylanasi 40 santimetrni tashkil etgan bo‘lsa, Mishelning ko‘rsatkichi karset taqilganda 38,1 santimetrga teng bo‘ldi.
Manba