Xushbo‘y olam: Atir tanlashda qo‘l keladigan 10 ta tavsiya
“Parfyumer” romanining bosh qahramoni o‘ziga ishongan edi: kim xushbo‘y hid taratsa, u odamlarning qalbiga ham egalik qiladi. Iforlar chindan ham ko‘p narsaga qodir, o‘zni ifoda etishga yordam beradi, zavqlantiradi, hatto yo‘ldan ozdirishi ham mumkin. Buning uchun, albatta, har kim o‘ziga tegishli iforni topishi kerak.
Foto: CosmopolitanOdatda chaqqon ayollar har bir fasl uchun moslab atir tanlaydi. Tanlash ham oson ish emas. Yaxshisi, qanday tanlash, ulardan foydalanish sirlari va saqlash usullari haqida batafsil malumotga ega bo‘ling.
Parfyumlarni sog‘lom holatda tanlash kerak
Ushbu vositalarni xarid qilish chog‘ida insonning salomatligi me’yorida bo‘lishi kerak. Masalan, bosh og‘rig‘i, tumov va burun bitishi kabi holatlarda tanlovni biroz keyinga qoldirgan ma’qul.
Foto: CosmopolitanIfor taralishiga imkon berish kerak
Atir tanlashda uni teriga sepib, biroz kutishga to‘g‘ri keladi. Sababi u qo‘llanilgandan so‘ng ifor konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lganidan, darhol o‘tkir hid buringa uriladi. 5 daqiqadan so‘ng esa atirlarning haqiqiy ifori sezila boshlaydi.
Iforni o‘zingizda his etishga qo‘rqmang
Ko‘pchilik ayollarda kuzatiladigan holat. Masalan, boshqa birovdan kelayotgan atir hidi yoqimli tuyuladi. Ammo o‘zida qo‘llanilganda, buning aksi ro‘y beradi deb o‘ylaydi. Bu shunchaki holatga ko‘nikishdan iborat. Aslida qandaydir ifordan zavqlanishning o‘zi yaxshi alomat.
Foto: CosmopolitanAtirlarni faqat teri qismiga sepish lozim
Odatda liboslar ustidan atir sepish odatga aylangan. Kiyim matosi esa kun davomida turli xil hidlarni o‘zida saqlab qoladi va atir hidi bilan aralashib ketadi. Atir tanlashda ham, albatta, mato ustiga emas, teri yuzasiga sepish va hidlab ko‘rish tavsiya etiladi. Shuningdek, har bir insonning o‘ziga monand ifori mavjud, u atir bilan aralashib o‘ziga xos xushbo‘y yaratdi.
Me’yorni unutmaslik
Kun davomida atirdan 1-2 marta foydalanish tavsiya etiladi. Ayrimlar har bir soatda atir sepaverib, o‘zidan kelayotgan hid bilan ham atrofdagilarning e’tiborini tortadi. Ba’zi hollarda esa suhbatdoshni ham noqulay ahvolga solishi mumkin.
Foto: CosmopolitanAtirni to‘g‘ri sepish qoidasi
Agar iforni ko‘proq saqlab turish kerak bo‘lsa, uni bo‘yin va sochlarga qarata sepish kerak. Shuningdek, uni havo oqimiga sepib, hosil bo‘ladigan tomchilar ostida turish ham yaxshi samara beradi.
Atirlarni saqlash qoidasi
Atirlarni to‘g‘ri saqlash juda muhim. Eng yaxshi variant – qorong‘i va salqin joy, lekin havo aylanib turishi kerak. Agar atirlar avvalgidan boshqacha tuyulishni boshlagan bo‘lsa, uni darhol muzlatkichga qo‘yish kerak. Taxminan + 5 darajada molekulalarning harakatlanish tezligi o‘zgaradi va avvalgidek xushbo‘ylikni yana his etish mumkin.
Atir sepilgandan keyin qo‘l bilan silash mumkin emas
Ko‘pincha ayollar atirni sepib, qo‘l bilan silash yanada yaxshiroq bo‘y taratadi degan fikrda. Bu, albatta, noto‘g‘ri fikr, chunki ishqalanish tufayli ifor buziladi va uning taralishi o‘zgaradi. Iloji bo‘lsa, atirdan foydalangandan so‘ng uni tabiiy yo‘l bilan qurishiga imkon berish kerak.
Aralashtirish va tajriba
Agar yuvinish uchun mo‘ljallangan gel bilan atirning hidi aralashadi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Sababi gelning hidi uzog‘i bilan yarim soatdan so‘ng yo‘q bo‘ladi. Undan so‘ng atir sepilsa hech qanday aralashma hid yuzaga kelmaydi.
Yosh, mavsum va maslahat
Parfyumeriya xuddi ikkinchi teri qavatiga o‘xshaydi, u yaxshi va yoqimli bo‘lsa, inson o‘zini shuncha qulay his etadi. Mutaxassis tomonidan yoshga, mavsumga yoki urfga nisbat berilgan holda atirlar tavsiya qilinishi mumkin. Lekin aynan did va so‘nggi tanlov barchasini hal etadi.
Manba