Salomatlik Goʼzallik Nega yuz terisining tungi parvarishi kunduzgisidan ko‘ra afzalroq?

Nega yuz terisining tungi parvarishi kunduzgisidan ko‘ra afzalroq?

O'qildi: 254


Nega yuz terisining tungi parvarishi kunduzgisidan ko‘ra afzalroq?

Aksariyat ayollar kunduz kuni teriga haddan ortiq e’tibor beradi. Afsuski, tunda uni parvarishsiz qoldiradi. Aslida teri kunduzgidan ham ko‘ra ko‘proq tunda parvarishga muhtoj bo‘ladi. Shuningdek, buning bir qancha afzalliklari ham mavjud.

Foto: Cosmopolitan

Inson dam oladi, teri faol bo‘ladi

Tun organizm uchun, xususan, teri uchun juda muhim bo‘lgan vaqtdir. Aynan inson uyquga ketgan paytda organizm faol ishlashni boshlaydi. Bunda tana o‘z-o‘zini davolash uchun garmon ishlab chiqaradi. Mushaklar bo‘shashadi, hujayralardagi arterial qon oqimi yaxshilanadi, venoz va limfa suyuqligi tashqariga chiqadi va hujayralar nafas oladi. Ushbu jarayonlar yangilanish va yoshartirishga xizmat qiladi.

Terining yanada samarali tiklanishi uchun unga yordam beradigan vositalardan foydalanish kerak. Parvarish kun qismlariga qarab o‘zgarib turadigan biologik jarayonlarga moslashishi kerak.

Gohida erta tongda terida shishlar kuzatiladi. Bu tanada drenaj jarayoni buzilganligini ko‘rsatadi. Shuning uchun tungi krem tarkibida tiklash va tiklashga qaratilgan epigenetik moddalar, shuningdek, epigenetik angioprotektiv moddalar bo‘lishi kerak. Ular modda almashinuvi hamda mikrosirkulatsiyasini yaxshilaydi, shuningdek, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Bunday kremlar teriga nafaqat tunda dam olishga, balki shishlarni yo‘q qilishga ham yordam beradi.

Teri holatini me’yorlashtiradigan muhitni yaratish va hujayralarni qayta tiklashga yordam berish uchun ertalab terini silliq va ipakdek mayin qiluvchi B vitaminidan foydalanish kerak.

Kuzda terining qurishi

Sovuq mavsumda odamlar yashaydigan va ishlaydigan xonalar sun’iy tarzda isitiladi. Afsuski, xonani isitish havoni quritib yuboradi, shuningdek, teridagi namlik isitilgan xonaga bog‘liq ravishda bug‘lana boshlaydi. Shuning uchun ham kechasi yuzni namlantiruvchi kremlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Oksidlanish—qayta tiklanish jarayoni

Inson har kuni doimiy ravishda kislorod qabul qiladi. U tanada qabul qilinganidan so‘ng oksidlanish-tiklanish jarayonining asosiy ishtirokchisiga aylanib qoladi va birlamchi erkin radikallarni hosil qiladi. Ular tanani bakteriyalar va viruslardan himoya qilishga yordam beradi. Biroq kurash jarayonida ikkilamchi va uchlamchi radikallar ham shakllanadi. Agar kun doimiy quyosh ostida o‘tkazilsa, tamaki tutunidan nafas olinsa, konservantlar, antibiotiklar va boshqa mahsulotlar iste’mol qilinsa, tanada erkin radikallar ko‘payadi. Ular hujayraga ta’sir o‘tkazib, mutatsiyalar va zararli o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga yo‘l ochadi. Kechasi tanani tiklash uchun olib borilgan parvarish ishlari erkin radikallardan xalos qiladi. Shuning uchun oksidlanish bilan kurashishda yordam berish uchun oksidlovchi stressni kamaytirishga qaratilgan, tarkibida epigenetik moddalar bo‘lgan tungi kremlardan foydalanish afzal.

Ayrim ayollar bunga qanchalik bee’tibor bo‘lmasin, tungi kremlardan foydalanish juda ham muhim. Sababi erta tongda silliq, tekis, yorqin va yosh teri natijasiga erishish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.