Yuz terisi uchun qimmat kremlardan ham foydaliroq 15 mahsulot
Teri sog‘lom va chiroyli bo‘lishi uchun nafaqat foydalanadigan vositalar, balki iste’mol mahsulotlariga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Quyidagi 15 mahsulot teri salomatligi uchun qimmat krem va niqoblardan kam bo‘lmagan ta’sir ko‘rsatadi.
Foto: CosmopolitanSuv
Terini tozalash va organizmning faol ishlashi uchun suvdan arzonroq va samaraliroq narsa yo‘q.
Ko‘k choy
Ko‘k choy — antioksidantlarning koni hisoblanadi. Shu sabab ham uni iste’mol qilganda teri namlanib, sog‘lom ko‘rinadi.
Yalpiz
Yalpiz yoshartiruvchi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Yuzdagi husnbuzarlar va toshmalardan qutulishni istaganlarga tarkibida yalpiz bo‘lgan losyon yoki tonik ishlatish tavsiya qilinadi.
Tofu
Tarkibida oqsil mavjud mahsulotlar orasida tofuga yetadigani yo‘q. Oqsilli parhez qilishni istaganlarga ratsioniga tofu pishlog‘ini kiritish maslahat beriladi. Kosmetologlar terini oqartirishni istagan qizlarga tofu iste’mol qilishni tavsiya qiladi.
Zaytun yog‘i
Zaytun yog‘i kosmetologiyada eng universal vositalardan biri hisoblanadi. Unga nisbatan “suyuq oltin” hamda yoshlik eliksiri, degan ta’riflar beriladi.
Losos
Oqsilga boy bo‘lgan mazkur baliq yallig‘langan terining tiklanishida ahamiyatli hisoblanadi. Tarkibidagi omega-3 esa erta qarishning oldini oladi.
Skumbriya
Terisi husnbuzarlarsiz tiniq va toza bo‘lishini istaydiganlar ratsioniga mazkur baliqni kiritish tavsiya qilinadi.
Arpabodiyon
Qadimgi Rimda arpabodiyon erkinlik va muvaffaqiyat ramzi bo‘lgan. Mazkur mahsulotdan nafaqat taom tayyorlangan, balki tibbiyotda ham foydalanilgan. Yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi mahsulot, shuningdek, yoshlik va teri go‘zalligini saqlashda yordam beruvchi antioksidant hisoblanadi.
Qovoq pistasi
E vitamini, omega-3 va ruxning manbayi bo‘lgan qovoq pistasi muammoli teri uchun ham yaxshi yechim.
Qora uzum
Mazkur meva terini namlantirish xususiyatiga ega ko‘plab antioksidantlarni o‘z ichiga oladi.
Sarimsoq piyoz
Sarimsoq infeksiya va viruslar profilaktikasi uchun qo‘llaniladi. U organizmni viruslar, xususan, husnbuzar keltirib chiqaradigan bakteriyalardan ham xalos etadi.
Avokado
Avokado teri va organizm tonusini yaxshilovchi E vitaminining koni sanaladi. Foydali xususiyatlaridan tashqari, to‘yimli mahsulotlar sirasiga ham kiradi.
Brokkoli
Brokkoli ortiqcha vazndan qutulishni istaganlar hamda yuz terisi horg‘in ko‘ringanlar uchun a’lo variant.
Lavlagi
Kletchatka, vitamin va antioksidantlarning koni ekanligidan tashqari, lavlagi xolesterinni kamaytirishda ham ahamiyatli. Qaynatganda ham foydali xususiyatlari yo‘qolmasligi uning afzalliklaridan biri sanaladi.
Karam
Mazkur sabzavot ko‘p miqdorda vitaminlar va fosforni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, karamning terini oqartirish kabi xususiyati ham mavjud.
Manba