Salomatlik Goʼzallik Tojsiz qirolichalar: Go‘zallik tanlovlarining o‘z maqomini qo‘ldan boy bergan g‘olibalari (foto)

Tojsiz qirolichalar: Go‘zallik tanlovlarining o‘z maqomini qo‘ldan boy bergan g‘olibalari (foto)

O'qildi: 338


Tojsiz qirolichalar: Go‘zallik tanlovlarining o‘z maqomini qo‘ldan boy bergan g‘olibalari (foto)

Go‘zallik tanlovlari ko‘pchilik uchun imkoniyat eshigi hisoblanadi va unda ishtirok etish orqali qanchadan qancha qizlar mashhur bo‘lishi yoki karyerasini yo‘lga qo‘yib olishi mumkin bo‘ladi. Lekin mazkur tanlov ham boshqalari singari turlicha yakun topishi va natija o‘zgarib turishi mumkin.

Oksana Fedorova

Foto: Grazia

Rossiyalik Oksana Fedorova 2002-yilda “Dunyo go‘zali” deb topilgan ammo shartnoma shartlarini bajarmagani uchun tojidan ayrilishiga to‘g‘ri kelgan. “U benazir go‘zal, ammo shu bilan birga shunchalik tantiq va hech nima qilishni istamaydi”, — deb shikoyat qilgan tanlov tashkilotchilari. Oksana reklamada suratga tushishdan bosh tortgan va televideniyeda chiqish qilmagan. “Dunyo go‘zali” deb topilganidan keyin Sankt-Peterburgga dissertatsiya himoyasi uchun yetib kelgan Oksana unga tanlov shartlariga amal qilinmasa, oqibati nima bilan tugashi haqida ma’lumot berilmaganini ta’kidlagan. Uzoq davom etgan talashishlardan keyin titul tanlovning panamalik ishtirokchisiga berishga qaror qilingan.

Alesya Semerenko

Foto: Grazia

“Moskva go‘zali ­— 2018” tanlovi ham salbiy yakun topgan. 48 raqib qizlar qolib, Piterlik talaba qiz Alesya Semerenko poytaxt go‘zali deb topilgan, ammo u g‘oliblikdan keyin aloqaga chiqmay qo‘ygan. Shartnomada keltirilgan tadbirlarga tashrif buyurmagan va shu sabab shartnoma tugatilgan. Tanlov prodyuseri hech qayerda ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan qirolichadan ma’ni yo‘qligini bildirgan. Alesya bugungi kunda Instagram sahifasida fotolari bilan bo‘lishib boradi.

Veronika Didusenko

Foto: Grazia

“Ukraina go‘zali — 2018” tanlovi g‘olibi Veronika oradan 4 kun o‘tib titulni yo‘qotgan. Tanlov shartiga binoan, unda faqatgina turmushga chiqmagan va hali farzandi bo‘lmagan ishtirokchilar qatnashishi kerak edi.

Foto: Grazia

Ammo Veronikaning 4 yoshli farzandi bo‘lgan. Ish sudgacha borgan va oqibatda qiz endilikda tashkilotchilarga barcha chiqimlar va pul mukofotini to‘lashi kerak.

Denis Garrido

Foto: Grazia

“Dunyo go‘zali — 2015” tanlovining final bosqichidagi ahmoqona xatolikni deb kolumbiyalik Denis Garrido tojdan quruq qolgan. Boshlovchi tanlov g‘olibini e’lon qilishda adashib ketgan va tojni boshqa ishtirokchiga kiydirgan.

Inna Jirkova

Foto: Grazia

Hamma vaqt ham titul tashkilotchilar tomonidan olib qo‘yilmaydi. Masalan, “Rossiya go‘zali — 2012” tanlovi g‘olibi Inna Jirkova, u ishtirokidagi You Tube’dagi videodan keyin tituldan voz kechgan. Unda qiz boshlovchining savollariga javob bera olmay, uyalib qolgan edi. Innaning o‘zi esa mukofotdan voz kechishiga tanlov bilan bog‘liq sirlardan xabar topganidan keyin tanlovga ham, uning atrofidagi narsalarga ham yaqinlashmaslikka qaror qilgani sabab bo‘lganini ta’kidlagan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.