Kosmetika tarixidagi eng mashhur tonal kremlar qaysi?
Tonal krem makiyajda muhim rol o‘ynaydi. Uning sifatlisi va teri rangiga mosi yuzni tiniq va jozibali ko‘rsatsa, noto‘g‘ri tanlangani aksincha tiniq yuzni ham chaplangandek yoki niqob taqqandek ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.
Double Wear SPF10, Estee Lauder
Foto: CosmopolitanDunyoda har daqiqada 8 flakon sotiladigan Estee Lauder tonal kremi 1997-yilda ilk bor ishlab chiqarilgan. U vaqtda boshqa tonal kremlar yuzda niqob singari turgan va bitta asosdek ko‘rinmagan. Oradan deyarli 20 yil o‘tib esa marka har bir ayol o‘ziga mosini tanlab olishi uchun Double Wear’ning 35 turdagisini taqdim qildi.
Lasting Performance, Max Factor
Foto: Cosmopolitan1914-yilda polshalik vizajist Maks Faktor tomonidan tarixda ilk bor tonal krem ishlab chiqarilgan. Mahsulot soatlab grimda yurish terisiga zarar keltirgan aktyor va aktrisalar uchun o‘ylab topilgan edi. Birinchi kompakt pudra Pan-Cake Make Up ham aynan shu vizajist tomonidan taqdim qilingan. Charli Chaplin tonal kremni ishlatib unga ijobiy baho bergan va uni ketidan boshqa yulduzlar ham ergashgan, ammo oddiy xalq bunday vosita aktrisalar va yengil tabiatli qizlar uchun deb o‘ylab xarid qilishga oshiqmagan. Bugungi kunda Max Factor eng mashhur tonal kremlardan hisoblanadi. Brend bestselleri Lasting Perfomance issiq yoki namli havo bo‘lishidan qat’i nazar terida 8 soat turadi.
BB Creme Nude, Erborian
Foto: CosmopolitanFransuz-koreys kosmetik vositasi texnolog Xojung Li va marketolog Katalin Bereni tomonidan ishlab chiqarila boshlangan. Ilk bor fransuzlar tomonidan a’lo baho berilgan mazkur tonal krem bugungi kunda ham ayol va qizlar tomonidan sevib ishlatiladi. Unga yuzdagi husnbuzarlarni konsillersiz ham yopish xususiyatiga ega, kundalik ishlatish uchun eng yaxshi variant degan ta’riflar beriladi.
Leg and Body Makeup, Dermablend
Foto: Cosmopolitan
Reklama roligida Rik Jenest ishtirok qilganidan keyin tonal kremga bo‘lgan qiziqish osha boshlagan. Rolikda 80 foiz tatuirovka tushirilgan Rik tanasiga tonal krem surtiladi va qoplangani ko‘rsatiladi. Rolik YouTube’da qisqa muddat ichida 11 million marta ko‘rilgan. Brend tomonidan taqdim qilingan tonal kremlar orasida terisida yaqqol muammo bor bo‘lganlar uchun chandiq va kuyishlarni ham yopadigan variantlar bor.
Face and Body, M.A.C
Foto: CosmopolitanFace and Body tonal kremdan ko‘ra zardobni esga soladigan ilk kosmetik vosita sanaladi. Tarkibida 70 foiz suv bo‘lishiga qaramay, yuzni yaxshi qoplaydi. Uning bir ikki tomchisi butun yuzga yetadi. Face and Body istalgan havoda ham sifatini yo‘qotmaydi. Uning bir flakonini yil davomida ishlatsa bo‘ladi.
Manba