Salomatlik Goʼzallik Soch turmagi yoshingizni katta ko‘rsatadigan 8 ta holat

Soch turmagi yoshingizni katta ko‘rsatadigan 8 ta holat

O'qildi: 370


Soch turmagi yoshingizni katta ko‘rsatadigan 8 ta holat

Soch rangi, uzunligi va turmagining noto‘g‘ri tanlanishi inson qiyofasiga tamoman boshqacha tus berishi yoki yoshiga nisbatan katta ko‘rinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Haddan ortiq uzun sochlar

Sochning kurakdan uzun turishi 40 yoshdan katta ayollarda chiroyli ko‘rinmaydi. Pantene brendi stilisti bunday ko‘rinishni 1661 deb ataydi: uzun sochli ayol orqa tarafdan 16 yashar ko‘rinadi, yuzidan esa nafaqa yoshdagi ayol ekanligi bilinadi. San-Diegolik stilist Jet Rays o‘mrovgacha bo‘lgan uzunlik ideal ekanini bildiradi.

Haddan ortiq kalta soch

Qanday uzunlikdagi sochni juda ham kalta deb hisoblanishi bo‘yicha aniq qoida yo‘q, ammo individual yuz proporsiyasiga e’tibor berish kerak. Agar yonoqlaringiz osilib qolgan bo‘lsa, “bob” yoki iyakkacha bo‘lgan uzunlikda kestiring.

Bir necha yildan beri o‘zgarmagan soch turmagi

O‘zgarishlardan cho‘chimang. Bir necha yildan beri soch turmagingiz o‘zgarmagan bo‘lsa, o‘zgartirish vaqti keldi. Butun umr davomida bir libosda yurmagandek, sochni ham o‘zgartirib turish kerak.

Soch rangining teri rangiga mos bo‘lmasligi

Teri rangi yillar o‘tishi bilan o‘zgargani sabab 25 yoshingizda yarashgan soch rangi 50 yoshda yarashmasligi mumkin. Nyu-Yorkda faoliyat yuritadigan kalorist Bred Jons sochga rang tanlashda bolalikda qanday ko‘rinishda bo‘lganingizni esga olishni va tabiiy rang qanday bo‘lsa, shunga bo‘yashni tavsiya qiladi.

Chyolka kesmaslik

Chyolka peshonadagi ajinlarni yopishga yordam beradi, lekin u hammaga ham yarashavermaydi. Tekkis kesilgan chyolka terining qarish alomatlariga urg‘u berishi mumkin, deb hisoblaydi Aussie Haircare brendi stilisti Sara Potempa. E’tiboringizni boshqa soch turmaklari bilan ham yarashadigan uzunroq va uchlari tekkis bo‘lmagan chyolkaga qarating.

Oqargan sochlar

Sochni bo‘yashdan voz kechib, oq sochlarni o‘stirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, sizga bunday obraz yarashishi yoki yo‘qligini o‘ylab ko‘ring. O‘stirish uchun 75 foiz soch oqargan bo‘lishi kerak. Yo‘qsa, bunday nomutanosiblik ko‘zga xunuk ko‘rinadi.

Soch kosmetikasini hech ham o‘zgartirmaslik

Yosh o‘tgani sari soch strukturasi o‘zgaradi — quruq va dag‘al bo‘ladi hamda shunga muvofiq kosmetik vosita tanlash kerak bo‘ladi. Shu sabab namlantiruvchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Eksperiment qilishdan qo‘rqmang. Tarkibida soch uchun foydali bo‘lgan va uni yanada jilokor ko‘rsatadigan vositalardan foydalaning.

Hajm yetishmasligi

Soch turmagi hajmliroq ko‘rinishi uchun uzunligi bo‘yingacha yoki undan ham kaltaroq bo‘lgan “kaskad” uslubidagi soch turmagini tanlang. Hajm beradigan vositalardan foydalaning. Fen bilan quritish davomida taroq bilan yuqoriga qarab harakatlantiring. Hajmli ko‘rsatishning yana bir usuli sochni to‘qroq va ochroq ranglarga “kolorirovaniye” qilish hisoblanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.