Salomatlik Goʼzallik Vizajistlardan tavsiya: Makiyaj borasida siz bilmagan 20 ta qoida

Vizajistlardan tavsiya: Makiyaj borasida siz bilmagan 20 ta qoida

O'qildi: 320


Vizajistlardan tavsiya: Makiyaj borasida siz bilmagan 20 ta qoida

Makiyaj ko‘ngildagidek chiqishi uchun mavjud qoidalarga amal qilish kerak.

Foto: Cosmopolitan

Olga Komrakov, Clarins yetakchi vizajisti:

1. Ten surtgandan keyin qoldiqlar teriga to‘kilsa, uni porolon applikator bilan tozalash mumkin.

2. Lab konturini bir tekisda chizishning imkoni bo‘lmayaptimi?Birinchi bo‘lib pomadani lab konturidan chiqazmasdan surting. Keyin lab qalami bilan pomada ustidan yurgizib, kerakli shaklga keltirib oling.

Svetlana Grebenkova, Promakeup Laboratory kreativ rahbari va vizajist:

3. Istalgan makiyaj qilishdan avval labingizga birinchi balzam surting. Pomada surtishga navbat kelguncha labingiz makiyajga tayyor va bo‘yash oson bo‘ladi.

4. Qoshni bo‘yashdan avval uni qosh cho‘tkasi bilan tarab, keyin bo‘yang.

Yevgeniya Tarasova, vizajist:

5. Tonal krem surtganda uning chegarasi ko‘rinib qolmasligi kerak. Uni yaxshilab teriga singdirish, bo‘yin va quloq bilan rangi ajralib qolmasligiga e’tibor berish kerak.

6. Ko‘z burchagini vizual ravishda ko‘tarish uchun ko‘z tagidagi qorayishlarni konsiler bilan yopganda uni chakka tomonga qarab cho‘zish tavsiya qilinadi.

Jorjio Forgani, Pupa’ning xalqaro vizajisti:

7. Ko‘zlar kattaroq ko‘rinishi uchun tushni kiprikka zig-zag harakati bilan pastdan tepaga qarab harakatlantirish kerak. Tush cho‘tkasining tashqi burchakka qarab surtilishi esa ko‘zga bodomsimon shakl beradi.

Yuriy Stolyarov, Maybelline NY’ning yetakchi vizajisti:

8. Ten surtishdan avval salfetka bilan qovoqlar yog‘sizlantirilishi kerak. Makiyajni birinchi ko‘zni bo‘yash, keyin esa pudra va rumyanadan boshlang. Chunki ko‘z makiyaji o‘xshamay qolsa, yuzni yuvish yoki artishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Yekaterina Ponomareva, vizajist:

9. Ko‘zning ichki va tashqi burchagiga podvodka surtilganda ko‘z yoshlanishi mumkin. Bunda oddiy tush yordam beradi. Tushni paxtali tayoqchaga surtib uni o‘chgan podvodka joyiga surting.

Anna Merkusheva, vizajist:

10. Qoshni bo‘yashni uning qirrali joyiga urg‘u berishdan boshlang. Keyin uchini, oxirida esa boshlanish joyini bo‘yang.

11. Strelka uchini ko‘zlarni ochga holda chizing.

Mariya Pirenkova, Yves Saint Laurent’ning sobiq vizajisti:

12. Ko‘zlar smoky eyes usulida bo‘yalganda ten to‘kilishi mumkinligi sabab ham konsilerni tendan keyin, ammo tushdan avval surting.

Andrey Shilkov, yulduzlar vizajisti:

13. Tush surkalganidan keyin qurishini kutib, keyin paxtali tayoqcha bilan artsa, darrov o‘chadi.

Vyacheskav Sasin, Dior’ning sobiq vizajisti:

14. Yuz yaltiratadigan vosita yuz konturi bo‘ylab surtilsa, tabiiy ko‘rinadi. Pomadani rumyana o‘rnida ham ishlatish mumkin.

Vladimir Kalinchev, vizajist:

15. Makiyaj asosi sifatida ko‘zga och tendan ham foydalanish mumkin. Uni qovoqqa surtib, ustidan tanlagan rangingizni surtishingiz mumkin. Bunda ten uzoqroq turadi.

16. Pudrani keragidan ortiq surib yuborgan bo‘lsangiz, termal suvni yuzingizga purkang, teri tabiiy ko‘rinadi.

Jeyn Richardson, NARS xalqaro vizajisti:

17. Pushti rumyana yuzga chiroyli tus beradi, uni qovoqqa surtish esa obrazni yanada chiroyli ko‘rsatadi.

18. Jilosiz pomada ostidan blesk surtilsa, lab atlasdek tovlanadi. Labingiz tabiiy ko‘rinishini istasangiz, uni barmoq yordamida surting.

Bobbi Braun, Bobbie Brown brendi asoschisi:

19. Tonal kremning teri rangiga mosini tanlayotganda uni peshonaga surtib ko‘ring. Tonal kremni faqat yuzga surting va to‘g‘rilash uchun pudradan foydalaning.

20. Tongda ko‘z atrofiga va yuqori qovoqqa krem surtmang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.