Niqob ostida lab bo‘yog‘ini saqlab qolish uchun ajoyib layfxak
Niqoblar deyarli yuzning yarmini berkitib turgani, shuningdek, tez o‘chib ketishi yoki bo‘yoqning yoyilib ketishi tufayli ham lab bo‘yog‘idan foydalanish ayollar uchun biroz muammolar tug‘dirmoqda. Ammo go‘zallik va undan zavqlanishni hamisha istaydigan moda ixlosmandlari bu borada ajoyib layfxakni tavsiya etadi.
Foto: You yolka newsNiqob taqish majburiy hisoblangan bir vaqtda lab bo‘yog‘ini surish va uni avvalgidek chiroyli ko‘rinishda qoldirish uchun nima qilish mumkin?Bugungi kun uchun ko‘proq lab bo‘yoqlarining yaltiroqsiz hamda uzoq vaqtga chidamli turi juda mos keladi.- Agar lablar quruq bo‘lsa, chidamli lab bo‘yog‘ining o‘z ichiga yog‘larni olganini tanlash maqsadga muvofiq.
- Chidamlilikka ega bo‘lganligi tufayli uni maxsus yuvish vositasi bilangina o‘chirish mumkin.
- Bo‘yoqni tekis lab yuzasiga surish kerak, agar labda yara yoki yoriqlar bo‘lsa, vositadan foydalanish tavsiya etilmaydi.
- Shuningdek, ayrim bo‘yoqlarning o‘ziga xos hidi ham bo‘lishi mumkin.
To‘q rangli lab bo‘yog‘i tarkibida tabiiylariga qaraganda ko‘proq birikmalar mavjud. Shuning uchun ham ular labda uzoqroq saqlanib qolish xususiyatiga ega.
Foto: You yolka newsLab uchun mo‘lajllangan qalamlar ham chidamlilikka erishishda yordam beradi. Faqatgina xarid jarayonida qalamlarning chidamlilik belgisiga e’tiborli bo‘lish zarur. Shuningdek, qalamlar lab qismga surilgan bo‘yoqni tarqab ketishidan saqlaydi. Sababi qalamlar bo‘yoqqa nisbatan biroz boshqacha tarkibga ega, shuning uchun ham ulardan ko‘proq lab chegaralashda foydalaniladi.
Mavuzga doir:
- Sovuq mavsumda lablar qurimasligi uchun 5 ta foydali maslahat
- Kam suv ichish, stress va makiyaj. Yuz terisi yog‘li bo‘lishining 7 sababi
- Gigiyenik lab bo‘yog‘i yordam berishi mumkin bo‘lgan 9 holat
Manba