Salomatlik Goʼzallik Makiyaj orqali yuzni ozg‘in ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar

Makiyaj orqali yuzni ozg‘in ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar

O'qildi: 267


Makiyaj orqali yuzni ozg‘in ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar

Makiyaj ayollar go‘zalligiga urg‘u beribgina qolmay, yuzni aslidan ozg‘inroq ko‘rsatish xususiyatiga ham ega. Buning uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish kerak.

Baza

Foto: “Domashniy ochag”

Yuzga surtiladigan baza juda quyuq ham, suyuq ham bo‘lmasligi kerak. O‘rtachasi mukammal tanlov bo‘ladi. Undan keyin qilingan makiyaj chaplangandek ko‘rinmaydi, bundan tashqari, konturing qilish oson bo‘ladi. Bronzerning to‘qroq rangini yonoq va iyakning pastroq qismiga, korrektorni yonoq va ko‘z tagiga surting.

Qoshlar

Foto: “Domashniy ochag”

To‘g‘ri bo‘yalgan qoshlar obraz omadli bo‘lishining garovi. Qoshning tashqi uchini pastga qaratib chizmang, yuzingiz dumaloq ko‘rinib qoladi.

Ko‘z

Foto: “Domashniy ochag”

Makiyajda yana bir muhim jihat ko‘zni bo‘yash hisoblanadi. Podvodka yoki ko‘z qalami yordamida qovoqning tashqi qismiga urg‘u bering.

Lablar

Foto: “Domashniy ochag”

Iloji boricha to‘q rangli pomada va qalamlardan foydalaning. Bleskdan  foydalanadigan bo‘lsangiz, uni labning o‘rta qismiga surting.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.