Salomatlik Goʼzallik Quruq yuz terisini mayinlashishiga yordam beruvchi kundalik odatlar

Quruq yuz terisini mayinlashishiga yordam beruvchi kundalik odatlar

O'qildi: 413


Quruq yuz terisini mayinlashishiga yordam beruvchi kundalik odatlar

Quruq teri ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan, yuzga erta ajin tushishiga sabab bo‘ladigan muammolardan biri hisoblanadi. Uni bartaraf qilish uchun terini muntazam ravishda parvarish qilish va namlantirib turish kerak.

Skrablardan haddan ortiq foydalanmang

Skrab yoki pilingni kanda qilmaslik qurigan teridan qutulishga yordam bermaydi, aksincha uni yanada ko‘p jarohatlab, quritadi va yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Mutaxassislar shu sabab ham ushbu kosmetik  vositalardan haftada ikki martadan ko‘p foydalanmaslikni tavsiya qiladi. Bu samarali eksfoliatsiya va teri xavfsizligi uchun yetarli.

Tarkibida sulfat bo‘lmagan makiyaj tozalaydigan vositadan foydalaning

Nafaqat shampun, balki yuzni tozalaydigan boshqa vositalar tarkibida ham sulfat bo‘lishi mumkin. Sodium laureth sulfate ( yoki SLS)— samarali ammo zararli tozalash xususiyatiga ega komponent hisoblanadi. U nafaqat yuzdagi makiyaj qoldiqlari va kirlarni, balki terining himoya qatlamini ham tozalab yuborishi mumkin. Shu sabab ham xarid qilishdan avval bunday vositalar tarkibini diqqat bilan o‘qib chiqing.

Ketma-ketlikka rioya qiling

Yuzni maxsus vosita bilan tozalagandan keyin tonerdan foydalanishni unutmang. Tozalaydigan vositalar terini quritib yuborgani sabab ham bir zumda terida suvsizlanish jarayoni va qurish kuzatilishi mumkin. Avvaliga tozalang, keyin toner, undan so‘ng esa namlantiradigan krem surting. Tonerni biroz nam teriga surtgan yaxshi, bu terida namlik saqlanib yanada yaltirab turishiga hissa qo‘shadi.

Tungi kremdan foydalanishni unutmang

Ko‘pchilik teri “nafas olishi” uchun tungi krem surtmaslikni afzal biladi, aslida esa sifatli va tarkibida ishonchli bo‘ladigan bo‘lsa, bunday krem terini “nafas olish”dan mahrum qilmaydi, aksincha uning qurishining oldini oladi. Tarkibi va vazifasi turli ekani sabab ham kunduzgi kremdan foydalanish ham tavsiya qilinmaydi.

SPF krem surtishni yoddan chiqarmang

Quyoshning ultrabinafsha nurlari terini quritib, zarar yetkazadi. Bu hali hammasi emas, qarish jarayonini tezlashtirib yuzga dog‘ tushishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, mayda yoriqlar paydo bo‘lib, yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shu sababdan ham hatto qish kunlarida ham SPF kremlardan foydalanishni kanda qilmaslik kerak. Surtilgani unchalik bilinmagani hamda samarali ekani sabab ham quyosh nuridan himoya qiluvchi flyuidlardan foydalaning.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.