Salomatlik Goʼzallik Atir hidining uzoq vaqt turishiga yordam beruvchi 7 usul

Atir hidining uzoq vaqt turishiga yordam beruvchi 7 usul

O'qildi: 396


Atir hidining uzoq vaqt turishiga yordam beruvchi 7 usul

Sepilgan atir iforining uzoq vaqt turishi uchun uning qimmat bo‘lishi shart emas. Shunchaki mavjud qoidalarga amal qilish kerak.

Foto: Freepik

Atirni dush qabul qilgandan keyin sepish kerak

Dush qabul qilganda terining poralari ochiq hamda yetarlicha namlangani hisobiga atir yaxshi singadi. Aynan shu sabab ham atirni aynan shu vaqtda sepish tavsiya qilinadi.

Terini namlantiring

Atirni quruq teriga sepish eng katta xato hisoblanadi, chunki bu vaqtda ifor yaxshi singmaydi. Aynan shu bois ham atir sepishdan avval terini namlantiradigan losyondan foydalanish kerak. Losyonning o‘rniga oddiy kremdan foydalansa ham bo‘ladi. Yaxshi namlangan terida atir hidi odatdagidan 2-3 marta uzoqroq turadi.

Vazelindan foydalaning

Vazelindan turli kosmetik maqsadlarda, xususan, atirning uzoq vaqt turishi uchun ham foydalansa bo‘ladi. Uning tarkibidagi yog‘li asos sepilgan atir iforini uzoq vaqt turishiga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham yuvinib chiqqandan keyin bo‘yin yoki quloqlarning orqa qismiga vazelin surtib, keyin atir sepish maslahat beriladi.

Sepilgan atirni qo‘l bilan surkash

Atirni bo‘yin yoki boshqa sohaga sepgandan keyin uni qo‘l bilan surkash qiz va ayollar orasida eng ko‘p tarqalgan xato hisoblanadi. Bu iforning tez tarqab ketishiga olib keladi. Atirni 25-30 sm uzoqlikda sepib, o‘zi mustaqil singishiga qo‘yib berish kerak.

Tananing qaysi qismiga sepish kerakligini bilish

Qon tomirlar joylashgani sabab harorati yuqori bo‘ladigan tana qismiga sepilgan atir uzoq vaqt turadi. Bilaklar, quloqlarning orqa qismi, chakka hamda tirsaklarning ichki qismi shular jumlasidan.

Sochlar haqida unutmang

Sochlar iforlarni o‘zida ushlab qolish xususiyatiga ega ekanligi sabab ham atir sepayotganda buni yodda tutish tavsiya qilinadi.

Uzoq turadigan kompozitsiyalarga e’tibor qaratish

Atirning uzoq turishi nafaqat to‘g‘ri sepish, balki uning tarkibidagi komponentlarga ham bog‘liq. Gul, dengiz va meva hidli iforlar tez tarqaydi, mushk, yog‘och iforlari esa aksincha.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.