Salomatlik Goʼzallik Hindistonlik Rapunsel sochlarni tez o‘stirish sirlari bilan bo‘lishdi (video)

Hindistonlik Rapunsel sochlarni tez o‘stirish sirlari bilan bo‘lishdi (video)

O'qildi: 330


Hindistonlik Rapunsel sochlarni tez o‘stirish sirlari bilan bo‘lishdi (video)

Prachiga ajdodlariniki kabi sochlar nasib etmadi, uning sochlari bolaligidanoq qalin bo‘lmagan va juda sekin o‘sgan. Shundan so‘ng qiz qadimiy xalq retseptlarini o‘rganishni va o‘zida sinab ko‘rishni boshlagan. Natijada ulardan kutilmagan mo‘jiza yaratgan.

Foto; Cosmopolitan

Oddiy va tabiiy ingrediyentlar aralashmasi soch o‘sishini 30-40 foizga tezlashtirishi mumkinmi?

Prachining o‘zi qadimiy retsept unga chinakam soch o‘sishiga yordam berganini tan oladi. Ko‘pchilik bunga ishonmasligi mumkin va qizning aslida sochlari uzun bo‘lgan degan fikrni ham bildiradi. Ammo Prachi o‘z sahifasiga sochlari avval qanday bo‘lgani aks etgan video hamda suratlarni yuklab boradi. Shuningdek, Prachi obunachilariga o‘zi foydalangan retseptni tavsiya etadi va natija bilan bo‘lishishni so‘raydi. Ta’sir esa kutilmagan darajada edi, mazkur retsept juda yaxshi natijalarni namoyon qilgani haqida fikrlar paydo bo‘lgan.

“Men uning biror so‘ziga ishonmadim, uni oshkor qilish uchun retseptdan foydalandim, ikki oy ichida esa sochim 10 santimetrga o‘sdi. Seni yolg‘onchi deb o‘ylaganim uchun kechir, Prachi”, − deydi foydalanuvchilardan biri.

“Uch oy avval sochlarim yelkamga ham yetmas edi. Prachi maslahat bergan niqobdan haftasiga ikki marta foydalandim. Endi esa sochlarim uzun. Qadimgi retseptlar hech qachon barbod bo‘lmaydi”, − deydi Rapunselning yana bir muxlisasi.

Ushbu natijaga erishish uchun kokos moyi, kanakunjut yog‘i, E vitamini kapsulalari, aloe vera ekstrakti kerak bo‘ladi. 

Agar aloe yaprog‘i bo‘lsa, uning yarmi kesilib, ichidagi go‘shtli qismi ajratib olinadi va po‘stlog‘i tashlab yuboriladi. Maxsus ekstraktdan foydalanilsa, undan bir choy qoshiq yetarli. Aloe bosh terisiga surtiladi. U tozalovchi ta’sirga ega bo‘lib, metabolik jarayonni tezlashtiradi va soch ildizlariga qon quyilishini rag‘batlantiradi. Aloe ta’sirida tozalangan teri nafas olish imkonini beradi.

Ikkinchi bosqichda esa kunjut yog‘i bir oshiq kokos moyi bilan aralashtiriladi. E vitamini kapsulalari ham yog‘ga quyiladi. Yog‘ bug‘ ustida biroz isitiladi va qo‘l bilan tekshirilib ko‘riladi. So‘ngra massaj yordamida ilitilgan yog‘ bosh terisiga surtiladi. Soch ildizlari yog‘li aralashmaga yaxshilab to‘yingandan so‘ng, soch mahkam qilib o‘rib olinadi. Ushbu niqobdan kechasi foydalanish va 6 soat davomida ushlab turish tavsiya etiladi. Shuningdek, paxta matosidan boshga ro‘mol o‘rab, uxlash mumkin. Keyin sochni odatdagicha shampun bilan yuvish kerak. Agar ushbu niqob haftasiga 2-3 marotaba bajarilsa, dastlabki natijalar bir oy ichida seziladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.