Qalin va sog‘lom bo‘lsin desangiz: uy sharoitida qoshlarni qanday parvarish qilish kerak?
Qoshlarning ko‘rinishi va sog‘lomligi ularni uy sharoitida qanchalik parvarish qilishga bog‘liq bo‘ladi. Mutaxassis Marina Didenkaning bu boradagi tavsiyalarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Massaj
Foto: ElleQoshlarni kiprik yo‘nalishi bo‘ylab, bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan massaj qiling. Yengil harakatlar bilan barmoqlaringizni qanshardan chakka tomonga harakatlantiring. 5-7 daqiqa davomida takrorlang.
Tarashni unutmang
Foto: ElleMaxsus cho‘tka yordamida qoshlarni tarashni unutmang. Buni har kuni takrorlash qosh tolalarini o‘sishiga hissa qo‘shadi.
Yog‘, skrab va zardobdan foydalaning
Foto: ElleQoshlaringizga kanakunjut, bodom yoki chakamug‘ yog‘ini uxlashdan avval surting. O‘simlik yog‘lari yordamida qosh tolalarini mustahkamlash, to‘kilishini oldini olish mumkin. Haftada bir marta qoshlar uchun skrabdan foydalaning. Ushbu muolaja terining dag‘al qatlamini a’lo darajada yo‘q qiladi. Agar qosh tolalaringiz sekin o‘sadigan bo‘lsa, maxsus zardoblardan foydalaning. Bu tezda samaraga erishishga yordam beradi.
Mavzuga doir:
- Shahlo ko‘zlar garovi: Kipriklarni bo‘yashda foydalaniladigan tushning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?
- Istalgan makiyajning omadsiz chiqishiga sabab bo‘luvchi 7 xato
- Qosh va kipriklarni laminatsiya qildirish zararlimi?O‘zbekistonlik tajribali mutaxassis javob beradi
- Qosh laminatsiyasi qanday qilinadi va nima uchun kerak?Mutaxassis javob beradi
- Qosh shakli xarakter haqida nimalarni so‘zlaydi?Yulduzlar misolida izoh beramiz(foto)
Manba