Salomatlik Goʼzallik Qarish jarayonini jadallashtiradigan kundalik odatlar

Qarish jarayonini jadallashtiradigan kundalik odatlar

O'qildi: 295


Qarish jarayonini jadallashtiradigan kundalik odatlar

Terining tiniq, silliq va tarang bo‘lishi uchun aksariyat xotin-qizlar qimmat kosmetikalar, parvarishlovchi va tarkibida oziqlantiruvchi moddalar bo‘lgan vositalarni xarid qiladi. Aslida esa yuz va teri bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligi uchun birinchi bo‘lib kundalik odatlarni ko‘rib chiqish, zararlilaridan voz kechish kerak.

Foto: Getty Images

Qorin bilan uxlash

Qorin bilan uxlamaslik kerakligi uchun bir nechta sabab bor. Birinchidan, yuz terisining yostiqqa ishqalanishi erta ajin tushishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, 6-7 soat davomida bunday vaziyatda yotilsa, tongda shishlar bilan uyg‘oniladi, ulardan qutilish uchun ko‘p harakat qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bundan tashqari, qorin yoki yonboshlab uxlash umurtqani zo‘riqtirib, bel sohasida og‘riq paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham mutaxassislar umurtqa bilan yotishga o‘rganishni maslahat beradi. Avvaliga bu noqulay tuyilgani bilan keyinroq natijani ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Isitkich qurilmalarini maksimal darajada yoqib qo‘yish

Kunlar sovuqlashganida yoqiladigan isitkichlar terining birinchi raqamli dushmani hisoblanadi. Isitkich va batareyalar yoqilganda havo quriydi, quruq havo esa terining suvsizlanishi olib keladi. Qurigan teri bir zumda tarangligini yo‘qotadi, oqibatda unda ajinlar paydo bo‘ladi. Shu sabab ham bunday vaziyatda havoni namlantiruvchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi — bu terining sog‘lom va go‘zalligini saqlashga yordam beradi.

Yog‘dan tiyilish

1 gramm yog‘da kaloriya 1 gramm uglevod va oqsildagidan ko‘proq kaloriya mujassam deb hisoblangani uchun ko‘pchilik undan voz kechishni afzal biladi. Aslida esa foydali yog‘lar organizmdagi bir qator jarayonlar: yurak-qon tomir tizimi salomatligidan tortib, terining yoshligi uchun muhim sanaladi. Foydali yog‘lar hujayralarni ichkaridan oziqlantirib, ularning tarang va tonusda bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa ajin tushishini oldini oladi.

SPF kremlardan foydalanmaslik

Nafaqat yoz, balki qishda ham SPF kremlarsiz ko‘chaga chiqish kerak emasligi bir emas, bir necha marta ta’kidlangan. Ultrabinafsha nurlari teriga jiddiy zarar yetkazadi, kollagen ishlab chiqarilishiga ta’sir o‘tkazib giperpigmentatsiyani keltirib chiqaradi, shuningdek, qarish alomatlarining paydo bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi. Shuni esdan chiqarmagan holda SPF kremlardan har kuni foydalanishni kanda qilmang.

Ichimliklarni naycha(trubochka)orqali ichish

Teri salomatligi va yoshligini saqlash uchun plastik naychalardan foydalanmaslik tavsiya qilinadi. Gap shundaki, naychadan suyuqlik ichilganda yuzdagi aksariyat mushaklar zo‘riqadi. Oqibatda yuz terisi o‘z tonusini yo‘qotadi, unda ajin va muammolar paydo bo‘la boshlaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.