Salomatlik Goʼzallik Qoshlarning tabiiy qalinligini qanday qaytarish mumkin? 7 ta oddiy, ammo muhim qoida

Qoshlarning tabiiy qalinligini qanday qaytarish mumkin? 7 ta oddiy, ammo muhim qoida

O'qildi: 370


Qoshlarning tabiiy qalinligini qanday qaytarish mumkin? 7 ta oddiy, ammo muhim qoida

Qosh hamisha yuzning ko‘rki bo‘lib kelgan. Bugunda ularning tabiiy shakli va qalinligi trendda. Albatta, avvallari ingichka qoshlar urfda edi, ammo keyinchalik ularning tabiiy qalinligini tiklash mumkinmi?

Foto: “Domashniy ochag”

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tabiiy qalin qoshlarga qaytish uchun minimal davr 4 oy. Ammo qoshlar ip kabi ingichka bo‘lsa, tiklash bir yil yoki undan ham ko‘proq vaqtni olishi mumkin.

Mutaxassisga murojaat qiling

Buning uchun dastlab mutaxassisga murojaat qilish kerak. Ulardan qoshlar uchun to‘g‘ri shakl va rang tanlashni so‘rash lozim. Qosh bo‘yicha mutaxassis qoshni qanday qilib ehtiyotkorlik bilan chizishni o‘rgatadi. Natijada qoshning yangi shaklidan ertaroq bahramand bo‘lish mumkin.

Qosh terishni unuting

Eng muhim va eng qiyin narsa: bir necha oy davomida qosh terish haqida unutish tavsiya etiladi. Vazifa oson emas, endi o‘sib chiqayotgan qosh terib tashlash istagi ichkaridan kemiradi. Ammo boshqa variant yo‘q.

Qoshlarni vitaminlar orqali oziqlantiring

Soch o‘sishiga yordam beradigan qo‘shimcha va vitaminlar ham qoshlar uchun juda yaxshi foyda beradi. Biotin(suvda eriydigan B vitamini)va viviskal(soch to‘kilishini to‘xtatish va soch o‘sishini rag‘batlantirish uchun aminokislota-mineral kompleksi)kabi soch o‘sishiga yordam beradigan mahsulotlarni qabul qiling.

Qoshlar uchun kosmetik mahsulotlardan foydalaning

Qoshlarni o‘stirish va qalinlashtirish uchun kosmetik ratsionga maxsus konditsioner yoki moy qo‘shish tavsiya etiladi. Xalqona tabobatga murojaat qilish juda muhim: kunjut, kungaboqar va bodom yog‘i soch o‘sishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Makiyaj qilishni o‘rganing

Qoshlarni qalinlashtirish bosqichida hamma holatga tayyor bo‘lish kerak. Agar bu noqulaylik tug‘dirsa, ularni maxsus kosmetika mahsulotlari: qalam, ten, mum va gellar yordamida qanday qilib to‘g‘ri yashirishni o‘rganib qo‘yish lozim.

Ehtiyot bo‘ling

Burun ko‘prigidagi sochlarni tiklash eng qiyini. Shuningdek, ular ko‘proq bezovta qilishi mumkin. Ularni kosmetika bilan yashirib bo‘lmaydi. Burun ko‘prigida o‘sgan tuklarni olishdan oldin, barmoq qoshlar orasiga qo‘yiladi va qalam bilan uning har ikki tomoni belgilanadi. So‘ngra belgilangan hududga qarab, qoshga shakl berish mumkin.

Xatolarni takrorlamang

Bir necha oy o‘tgach, qoshlar yetarlicha o‘sadi va uning shaklini tuzatish kerak. Bu safar ham qosh ko‘ngildagidek chiqmay, avvalgi shaklga kelib qolishi mumkin. Necha oylab kutilgan qoshlar oldingidek shaklga kiradi. Shuning uchun yaxshi mutaxassisga murojaat qilish lozim.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.