Pulni tejaymiz: uy sharoitida sochlarni go‘zallik salonidagidek fenda quritish uchun tavsiyalar
Uy sharoitida salon uchun sarflanadigan pul va vaqtni osongina tejash mumkin. Buning uchun “Domashniy ochag” nashri taqdim etgan ushbu maslahatlarni o‘qib chiqish va amalda qo‘llash kifoya.
Foto: “Domashniy ochag”Yaxshi fen xarid qiling
Mahsulotning sifatlisini qanday aniqlash mumkin? Bu foydalanishda qulayligi, yuqori havo oqimi, o‘ta og‘ir emasligi, harorat me’yorining mavjudligi, shovqin darajasi pastligi va shnurning yetarlicha uzunligi bilan baholanadi. Albatta, xarid qilingan fenda ushbu sifatlarning barchasi topilsa, foydalanish jarayonida muammolar paydo bo‘lmaydi.
Sochni qoidaga ko‘ra yuving
Sochni turmaklashdan oldin shampun tanlash juda muhim: “Hajm uchun” mo‘ljallangan shampundan foydalanish turmaklashda ancha qulay. “Ikkitasi birda” deb yozilgan konditsionerli shampunlar esa aksincha, sochni yanada og‘irlashtirib yuboradi. Bu turdagi sahmpunlar ko‘proq jingalak sochlar uchun mos keladi. Faqat ulardan to‘g‘ri foydalanishni bilish lozim. Bu kabi shampunlar bosh terisiga kamroq surtiladi. Aksar qismi soch uzunligi bo‘ylab taqsimlanadi. Shundagina jingalak sochlar yumshoq va yana hajmdor ko‘rinishga keladi.
Sochni turmak uchun tayyorlang
Sartarosh Edvard Trikomi sochlarni turmaklashda to‘rtta teng qismga bo‘lishni va har bir qismni alohida fen bilan quritishni tavsiya qiladi. Har bir qismni yuqoriga ko‘tarish va sochlar dumaloq taroq yordamida quritilishi kerak.
Shuningdek, havo oqimi faqat soch uzunligi bo‘ylab yo‘naltiriladi. Shundagina sochlar ildizlardan boshlab hajmga ega bo‘ladi. Quritish oxirida sochlarning namligi biroz saqlanib qolishi kerak.
Salondagi kabi uslubni yarating
Buning uchun xuddi salonlarda foydalaniladigan katta dumaloq taroq kerak. Sochning bir qismi tarab olinadi va ildizidan boshlab dumaloq taroqqa o‘raladi. Fen yordamida taroq tortilgan holda sochning uchiga qadar tushiriladi. Shu tarzda sochlar quruq bo‘lgunga qadar quritiladi.
Turmakni sochni mustahkamlovchi lak bilan yakunlash mumkin. Soch turmagini bir necha kun davomida yangidek saqlash uchun quruq shampun yoki upalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular ortiqcha yog‘larni quritadi, sochlarni toza saqlaydi.
Manba