Salomatlik Salomatlik Xavfli go‘zallik: kosmetika vositalari ko‘zga qanday zarar yetkazishi mumkin?

Xavfli go‘zallik: kosmetika vositalari ko‘zga qanday zarar yetkazishi mumkin?

O'qildi: 387


Xavfli go‘zallik: kosmetika vositalari ko‘zga qanday zarar yetkazishi mumkin?

Bugungi kunda go‘zallik mahsulotlari teriga qanday ta’sir qilishi haqida juda ko‘p munozaralar mavjud. Ammo ular ko‘z sog‘lig‘i uchun qay darjada xavfli ekani haqida hech qanday fikr bildirilmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, muntazam ravishda ko‘zlarga turli xil bo‘yoqlar surish natijasida ular xavf ostida qoladi.

Foto: Marie Claire

Ko‘z sohasi bilan aloqa

Eng birinchi xavf kosmetik vositalarining ko‘z yuzasiga kirib borishi bilan baholanadi. Masalan, qovoqlar ustiga tortiladigan qora bo‘yoq ko‘zga juda yaqin joylashadi. Shu jumladan tush ham.

Tashqi tomondan ko‘zlar yosh qatlami bilan qoplangan. Ushbu suyuqlik shox pardaning sirtini namlaydi va uni himoya qiladi. Unga kosmetik vositalarning bir zarrasi tushsa ham ko‘z qizarishi, qichishishi va achishishi yuzaga keladi. Agar bunday holat muntazam ravishda kuzatilsa, yosh qatlamining barqarorligi buziladi va ko‘z yuzasi tashqi muhitga o‘ta sezgir bo‘lib qoladi.

Ko‘z yosh qatlamining buzilishi quruq ko‘z sindromi rivojlanishiga olib keladi va bu o‘ta jiddiy kasallik hisoblanadi. Qatlamning sifati va miqdori o‘zgarishi oqibatida ko‘z yuzasi himoyasiz qoladi. Natijada asab tolalari ochilib, ko‘zlar yetarlicha namlanmaydi, charchoq, achishish hisi paydo bo‘ladi. Bunday holda vaqtni ortga surmasdan zudlik bilan shifokor ko‘rigiga borish zarur.

Foto: Marie Claire

Shuning uchun pardozni yuvish va tozalashda ham ehtiyot bo‘lish kerak. Vositalar ko‘zni yumib ishlatilsa ham u, albatta, ichki qismga kirishi mumkin. Bu bilan ko‘z yosh qatlami yana xavf ostida qoladi.

Allergiya

Yuqori sifatga ega kosmetik vositalar allergiyaga qarshi tarkibiy qismlardan tayyorlanadi. Ammo ularning ba’zilarida ham qizarish, qichishish kabi holatlar kuzatiladi.

Foto: Marie Claire

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p allergiya beruvchi kosmetik vositasi suv o‘tkazmaydigan tush hisoblanadi. Ulardan yana biri, bu kipriklarni uzun qilib ko‘rsatuvchi tushdir. Bunday vositalardan har kuni foydalanish yuqorida keltirilgan muammolarga olib kelishi mumkin.

Ko‘z atrofidagi teri juda nozik va sezgir bo‘lib, bo‘yanish mahsulotlarini tanlashda juda talabchan bo‘lish kerak. Toshma, terining shishishi, qichishish, qizarish kabi xususiyatlar allergik reaksiya alomati bo‘lib, foydalanilgan mahsulotlar mos kelmaganligidan darak beradi.

Shuningdek, muddati o‘tgan kosmetik vositalardan foydalanish ham ushbu kasalliklarga olib kelishi mumkin. Belgilangan sanadan bir necha oy o‘tgan mahsulotlarda bakteriyalar ko‘payib, shilliq qavatga tushadi va xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Mexanik shikastlanish

Foto: Marie Claire

Kosmetik vositalarni qo‘llashda tasodifan ko‘z sohasiga zarar yetkazish ehtimoli ham mavjud. Masalan, ko‘z ostiga chizuvchi qalamlar ko‘z pardasining parchalanishi, tirnalishi yoki kesilishiga olib kelishi mumkin. Ushbu jarohatlar tufayli og‘riq va qizarish kuzatiladi. Bunday vaziyatda darhol oftalmolog ko‘rigidan o‘tish zarur. Zararlangan qatlamga infeksiya tushib qolmasidan avval shifokor tavsiyasi bo‘yicha davolash kursi yoki antibakterial tomchilar qo‘llash mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.