Salomatlik Goʼzallik Sochlar yaxshi o‘sishi uchun ularni tez-tez kesib turish to‘g‘rimi?

Sochlar yaxshi o‘sishi uchun ularni tez-tez kesib turish to‘g‘rimi?

O'qildi: 295


Sochlar yaxshi o‘sishi uchun ularni tez-tez kesib turish to‘g‘rimi?

Odatda sochlarni muntazam ravishda kesish ularning tez o‘sishiga sabab bo‘ladi, deyishadi. Lekin bu haqiqatan ham shundaymi va tez-tez sochni kaltalatib turish orqali yaxshi natijaga erishish mumkinmi?

Foto: Grazia

Sochlarning uchlarini muntazam ravishda kesish ularning o‘sishini tezlashtirmaydi. Chunki sochlar uchlaridan emas, balki bosh terisida joylashgan ildizlardan o‘sadi. Yuqoridagi maslahatlar esa soch o‘sishini tartibga soluvchi follikulalarga ta’sir qilmaydi.

Biroq bu uchlarini muntazam ravishda kesish foydasiz degani emas. Uning yordami bilan sochlar qalin, sog‘lom va porloq bo‘ladi. Ideal holda, sochlar har sakkiz-to‘qqiz haftada taxminan 1 santimetr kesilishi kerak. Shu tarzda soch o‘sishini sekinlashtiradigan, ularning uzunligiga zarar yetkazadigan gullagan tolalar paydo bo‘lishining oldini olish mumkin.

Agar gullagan soch tolalari uchi kesilmasa, sochlarga zarar yeta boshlaydi. Uzunlikni saqlashni xohlovchilar, gullagan va mo‘rt tolalardan voz kechishi kerak. Ularni sog‘lom ko‘rinishga qaytarish uchun bir santimetrdan ko‘proq kesib turish tavsiya etiladi.

Agar soch o‘sishini rag‘batlantirmoqchi bo‘lsangiz, unda sartaroshga borish, afsuski, befoyda. Buning uchun:

  • birinchidan, bosh terisiga qon oqimini oshirish kerak. Bunga uning massaji bilan erishish mumkin. Yuvayotganda boshni massaj qilish — bu stressdan xalos bo‘lishga va soch follikulalarini rag‘batlantirishga yordam beradi.
  • ikkinchidan, rux va biotin, temir, vitamin C kabi boshqa foydali moddalarni iste’mol qilishni ko‘paytirish kerak. Shuning uchun ratsionga ularning manbai bo‘lgan mahsulotlarni kiritish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.