Quyosh nuridan sochlarni qanday himoyalash kerak?
Ultrabinafsha nurlar nafaqat teriga, balki sochlarga ham salbiy ta’sir qiladi, ularning qurishi va to‘kilishiga olib keladi. Shuning uchun sochni himoya qilish maqsadida ishlab chiqarilgan maxsus mahsulotlar marketologlarning hiylalari emas, balki tabiiy zaruratdir, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”Nima uchun plyajda sochlarni quyosh nuridan himoya qilish kerak?
“Ultrabinafsha nurlari soch rangi uchun mas’ul bo‘lgan keratin va melaninni yo‘q qiladi, — deydi Klorane va Galenic brendlari guruh-menejeri Natalya Ivleva. — “Dengiz suvi, tuz, qum, shamol, xlor ham soch kutikulasini yo‘q qilishga sabab bo‘ladi va quyosh nuri soch tolasiga zararli ta’sir o‘tkazishni tezlashtiradi”.
Suzishdan oldin sochlarni toza suvda yuvish yordam beradimi?
Dengizda suzishdan oldin sochlarni toza suv bilan yuvish, uni tuzga chidamli qiladi, degan nazariya mavjud. Ammo mutaxassislar buni rad etadi: “Suv tozalash vazifasini bajaradi va sochni himoya qilmaydi”.
Quyoshga kuygan sochlar — chiroylimi yoki zararli?
Quyoshda kuygan sochlar ko‘pincha quyoshning emas, balki ajoyib bo‘yoqchining ishidir. Quyosh nuri dengiz suvi bilan birgalikda sochlarga katta zarar yetkazadi, ularni quruq va jonsiz qiladi. Shuning uchun ularni shlyapa ostiga yashirish kerak. Sochlar rangini yorqinroq qilish uchun limon sharbatini surtish tavisya etilmaydi.
Plyajdan keyin sochlarga qanday yordam berish kerak?
Plyajdan qaytgach, sochda yig‘ilib qolgan tuzni shampun bilan yuvib tashlashni unutmaslik kerak. “Soch uchun namlantiruvchi va oziqlantiruvchi shampunlardan foydalanish yaxshiroq, — deb tavsiya qiladi Natalya Ivleva. — Bundan tashqari, balzam haqida unutmaslik kerak: u sochni butun uzunligi bo‘ylab tiklanishga yordam beradi”.
Hammasini nazorat qilish
Dengiz bo‘yida o‘tgan yozgi ta’tildan keyin sochlarni sog‘lom holatga qaytarish uchun ularga yaxshi g‘amxo‘rlik qilish kerak. Buning uchun sochni ko‘rinmas qalqon kabi himoya qiladigan moylardan foydalanish mumkin. UVA va UVB filtrlari tufayli yog‘ sochlarni barcha tashqi ta’sirlardan ishonchli himoya qiladi. Shampun sochni muloyimlik bilan tozalaydi, keratinli konditsioner va shi yog‘i bilan oziqlantiradi hamda tarashni osonlashtiradi. Ta’tilda sochlarga erkinlik berishga harakat qilish, sochlarini fenda quitish hamda mukammal turmaklardan voz kechish kerak. Agar bularning iloji bo‘lmasa, har doim ko‘chaga chiqishda avval sochlarni himoyalovchi kremlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Manba