Salomatlik Salomatlik Ozishga yordam beradigan tonggi smuzi: Ortiqcha vazndan qutilishni istaydiganlar uchun oddiy usul

Ozishga yordam beradigan tonggi smuzi: Ortiqcha vazndan qutilishni istaydiganlar uchun oddiy usul

O'qildi: 318


Ozishga yordam beradigan tonggi smuzi: Ortiqcha vazndan qutilishni istaydiganlar uchun oddiy usul

Ijtimoiy tarmoqlarda vazn tashlashda yaxshi samara beradigan usullar ko‘plab topiladi. Masalan, TikTok’da limon qahvaning ozdirishi haqidagi g‘oya mashhurlikka erishgan. Mutaxassislar esa tarkibida qahva bo‘lgan boshqa bir retsept yaxshi samara berishini ma’lum qilgan. Ammo bu usul ish berishi uchun uni mashg‘ulot bilan umumlashtirish kerak bo‘ladi.

Foto: Marie Claire

Instagram va YouTube’dagi fitnes yulduzi sifatida ma’lum bo‘lgan fizioterapevt Lilli Sabri obunachilari sarvqomat bo‘lish va go‘zallik siri bilan bo‘lishib keladi. U kayfiyatni ko‘tarib, ertalabdan kishi o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradigan proteinli kokteyl retsepti bilan bo‘lishdi.

“Go‘sht iste’mol qilmaganim, ammo ratsionimda oqsil yetarli ekaniga ishonchim komil bo‘lishini istaganim sabab ham, deyarli har kuni, tarkibida qahva bo‘lgan proteinli smuzi iste’mol qilaman”, — deydi u.

Kunni to‘g‘ri boshlash uchun Lilli, yeryong‘oq va qahva qo‘shilgan smuzi tayyorlaydi. Buning uchun oldindan achchiq qilib tayyorlab olingan qahvaning ikki hissasiga bir nechta muz bo‘lagi, suli suti qo‘shishni afzal biladi. Ba’zida esa kokos sutidan ham foydalanishi mumkin. Asosiysi muzlatilgan yarim bo‘lak banan qo‘shishni unutmaslik kerak. Yeryong‘oq pastasi qo‘shilganidan keyin esa blender bilan aralashtiradi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur smuzini tayyorlashda ishlatiladigan mahsulotlar hamisha uyida shay bo‘ladi. U bananni oldindan ko‘p miqdorda sotib olib, keyin yarmini bo‘lib muzlatkichga qo‘yib qo‘yadi. Tuxum bilan nonushta qiladigan ayol, tushlikka guruch yoki makaronli taomlarni afzal biladi. Tamaddi uchun proteinli batonchalar yoki yeryong‘oqli banan yeydi.

Parhez, fikrlash tarzi muhim ekaniga qaramay, ozish jarayonida eng asosiysi mashqlarni bajarish sanaladi. Tananing bel qismi ixchamlashishi uchun pilates bilan shug‘ullanish kerak deb biladigan ayol, jismoniy faollik borasida shaxsiy xohish va bajarish davomida tana qanday reaksiya bildirishidan kelib chiqib tanlov qilish kerakligini ta’kidlaydi.

Mavzuga doir:

  • Noto‘g‘ri parhez: Nima uchun faqat sabzavot va mevalarning o‘zini iste’mol qilish mumkin emas?
  • Oson ozish uchun nima qilish kerak?Vazn tashlashga yordam beradigan 4 tavsiya
  • Ekspertlar qahva ichish uchun eng yaxshi vaqtni ma’lum qildi
  • Qomatni saqlab qolamiz: kuz faslida vazn ortmasligi uchun 5 ta maslahat
  • Umrni uzaytiradi, yoshlikni saqlab qoladi: qahvaning sog‘liq uchun 10 ta foydasi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.