Salomatlik Goʼzallik Issiq kunda makiyaj buzilishining oldini olishga yordam beruvchi layfxaklar

Issiq kunda makiyaj buzilishining oldini olishga yordam beruvchi layfxaklar

O'qildi: 397


Issiq kunda makiyaj buzilishining oldini olishga yordam beruvchi layfxaklar

Yozda haddan tashqari terlash tufayli kosmetika osongina bo‘yalib ketishi mumkin, natijada kun bo‘yi kayfiyat buziladi. Ammo buni bir nechta muhim qoidalarga rioya qilish orqali bunday holatning oldini olish mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Doim praymerdan foydalaning

Praymer issiq kunda yuz uchun haqiqiy najotdir. Terida zich qatlam yaratmaydi va noqulaylik tug‘dirmaydi, lekin makiyaj muddatini sezilarli darajada uzaytiradi. Ushbu go‘zallik mahsuloti kosmetikaning oqib ketishini kamaytiradi.

Kosmetika miqdorini kamaytiring

Juda issiq kunlarda makiyajni minimal darajaga tushirishga harakat qiling, ayniqsa, kun davomida pardozni yangilashga imkon bo‘lmasa. Yuzdagi kamchiliklarni yashirish uchun SPF va konsilerli krem ​​bilan cheklanishingiz mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Pudrali bronzerdan foydalaning

Yozda kukun shaklida go‘zallik mahsulotlariga ustunlik bergan ma’qul — ular issiq havoda oqib ketmaydi.

Haylayter ishlatmang

Ko‘p qizlar haylayter yordamida e’tiborni jalb qilishni yaxshi ko‘radilar, ammo tashqarida 30 daraja issiq bo‘lsa, bu fikrdan voz kechgan ma’qul, ayniqsa yuz teringiz yog‘li bo‘lsa. Sebum ishlab chiqarilishi tufayli teringiz issiqda shundoq ham yaltiraydi.

Sumkangizda nam salfetkalar bo‘lsin

Yog‘li teriga ega bo‘lganlar bu mahsulotni albatta qadrlashadi. Nam salfetkalar teridagi ortiqcha yog‘ va terni bir zumda o‘zlashtiradi, eng muhimi pardozni bo‘yab yubormaydi.

Foto: “Noviy ochag”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.