Salomatlik Bolalar Nima uchun biz farzandlarimizni boshqa bolalar bilan taqqoslaymiz va nega bunday qilmaslik kerak?

Nima uchun biz farzandlarimizni boshqa bolalar bilan taqqoslaymiz va nega bunday qilmaslik kerak?

O'qildi: 345


Nima uchun biz farzandlarimizni boshqa bolalar bilan taqqoslaymiz va nega bunday qilmaslik kerak?

Aksariyat insonlarning ota-onasi yoshligida qo‘shnining yoki do‘stining farzandi bilan taqqoslagani barchaning yodida bo‘lsa kerak. Shuningdek, bu taqqoslashlar hech qachon foydali bo‘lmagan. Ammo oradan yillar o‘tib, aynan o‘sha insonlar o‘z farzandlariga xuddi ota-onasi tutgan uslubni qo‘llaydi. Afsuski, bunday “ta’lim usuli” nafaqat samarasiz, balki o‘ta xavfli ham hisoblanadi.

Foto: Marie Claire

Ota-onalar, avvalo, biror kishiga taqqoslanganda o‘zini qanday his qilgan bo‘lar edi?Albatta, u ijobiy bo‘lsa, yoqimli bo‘lishi mumkin, ammo salbiy bo‘lsa-chi?Ehtimol, noaniq his-tuyg‘ular g‘azablantiradi, chunki har bir odamni taqqoslash orqali rag‘batlantirilmagan nuqsonni to‘g‘rilash mumkin emas. Xuddi shu kechinmalar kattalarda namoyon bo‘lgan bir paytda doimiy taqqoslanishga mahkum bolalardan nimalarni kutish mumkin?

Ota-onasi tomonidan muntazam taqqoslanuvchi bolalar xarakterida o‘z-o‘zini shubha ostiga qo‘yish, boshqalarga nisbatan qoloqlik hissi shakllana boradi. Ular doimo muvaffaqiyatga erisha olmaslik qo‘rquvini boshdan kechiradi.

Foto: Marie Claire

Bundan tashqari, bola endi ota-onasiga bo‘lgan ishonchini ham yo‘qotadi. Chunki omadsizligi tufayli o‘zini hech kim yaxshi ko‘rmaydi degan fikr bilan yashay boshlaydi.

Doimiy taqqoslash ta’siri ostida ko‘plab salbiy holatlar rivojlanadi, keyinchalik u inson hayoti davomida unga hamroh bo‘ladi. Shuning uchun har bir vaziyatni ota-onalar, avval o‘zida sinab ko‘rishi kerak. Masalan, farzandini kimgadir solishtirishga shay turganlar biroz o‘ylab ko‘rsin, o‘ziga nisbatan shunday vaziyat qo‘llansa, nimalarni his qilishi mumkin?

Ammo farzandlarning salohiyatini shakllantirishda ularni o‘zi bilan solishtirishga harakat qilish kerak. Masalan bir kun davomida ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, keyingi safar ijodiy kunda uni avvalgilari bilan solishtirish mumkin. Yoki faoliyat olib borilgan makonga nisbatan ham shunday usulni qo‘llash mumkin. Misol uchun, kecha bog‘da a’lo bahoga surat chizgan eding, bugun maktabda chizgan surat esa yaxshi, uning ustida yana birgalikda ishlaymiz, singari.

Foto: Marie Claire

Shuningdek, bunday vaqtda “yomon” degan so‘zni qo‘llash mumkin emas, faqatgina “a’lo” va “yaxshi” kabi so‘zlardan foydalanish kerak.

Kelajakda farzandlaridan katta yutuqlar va muvaffaqiyat kutayotgan ota-onalar eng avval ularga qanday munosabatda bo‘lishini rejalashtirib olishi kerak. Shuningdek, farzandlarga bo‘lgan munosabat butun kelajakni belgilashiga ahamiyatli bo‘lishni unutmang.

Foto: Marie Claire

Ota-onalar uchun uchta ajoyib maslahat:

  • Eng muhimi farzandingizni odatdagidek qabul qiling, uni barcha qilishi kerak bo‘lgan majburiyatlar bilan qiynamang. Ehtimol u kechroq gapirgandir, lekin tengdoshlariga qaraganda yaxshiroq gapirar. Balki she’rni yaxshi yodlay olmas, lekin matematik hisob-kitoblarga zehni yaxshidir.
  • Bolaga yoshligidanoq buyuk shaxs sifatida qarang. Uning barcha afzalliklarini ko‘proq ta’kidlang. Farzandga individual ahamiyat berish kerak. U nimani yaxshi ko‘radi, nimaga qiziqadi, barchasini bilish kerak. Agar bular sezilmayotgan bo‘lsa, ularni rivojlantirish juda muhim. Agar farzandingiz ikki yoki uch nafar bo‘lsa, ularni ham o‘zaro taqqoslamang. Shu orqali ularning orasida janjal, kelishmovchilik va rashk paydo bo‘ladi. Har bir kichkintoyni o‘z yutuqlari uchun maqtash yaxshiroq bo‘lish istagini uyg‘otadi. Bu boshqalar uchun emas, balki o‘zlari uchun ko‘proq yutuqlarga erishi istagi uyg‘onadi.
  • Harakatlarni doimo ijobiy baholash kerak. Bu narsa ular uchun faqat foydali bo‘ladi. Yangi marralarni zabt etish istagini keltirib chiqaradi. Yaxshi bajarilgan ish maqtovga loyiq ko‘rilsa, bolakay yuqori cho‘qqilarga intilishda davom etadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.